---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.39.2
alternate:
  - https://yandex.uz/support/yandex-360/customers/disk/mobile/ru/doc-edit.md
  - https://yandex.uz/support/yandex-360/customers/disk/mobile/uz/doc-edit.md
keywords:
  - h
  - a
  - m
  - k
  - o
  - r
  - l
  - i
  - d
  - ' '
  - s
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/yandex-360/customers/disk/mobile/uz/llms.txt


# Hujjatlarni tahrirlash

Hujjatlar, jadvallar va taqdimotlarni bevosita Yandex Disk orqali tahrirlashingiz mumkin.

Quyidagi fayl formatlari dastaklanadi:

- hujjatlar — `DOCX`;
- jadvallar — `XLSX`;
- taqdimotlar — `PPTX`.


{% note info %}

Agar muharrir dasturida eskirgan hujjat formatini (`DOC`, `XLS`, `PPT`) ochsangiz, Yandex Disk avtomatik tarzda bu hujjat nusxasini yangi formatda (`DOCX`, `XLSX`, `PPTX`) yaratadi. Tahrir shu nusxada bajariladi, asl hujjat esa, o‘zgarishlarisiz qoladi.

{% endnote %}


Shuningdek, barcha hujjatlar bilan bir joyda ishlashingiz mumkin — [mobil Yandex Docs ilovasida](https://yandex.ru/support/docs-mobile/).

## Muharrirda ishlash {#editor}

Hujjatni muharrirda ochish uchun uni bosing.

Barcha o‘zgarishlar avtomatik saqlanadi. Hujjatda ishni yakunlab, Disk jildiga qaytish uchun brauzerdagi muharrir varag‘ini yoping.

## Birgalikda tahrirlash {#share-editing}

Hujjatni do‘stlar yoki hamkasblar bilan birgalikda tahrirlash uchun ularga buni ulashing:

1. Hujjatni bosib turing.
1. Yuqori panelda ![](_assets/share-icon.png =22x) tugmasini bosing.
1. Kirish huquqini tanlang: **Ko‘rish** yoki **Tahrirlash**.
    
    {% note alert %}
    
    Shaxsiy ruxsatni sozlash — kimgadir ko‘rish uchun, kimgadir tahrirlash uchun — hozircha bu imkonsiz.
    
    {% endnote %}
    
1. **Havolani nusxalash** tugmasini bosing va uni do‘stlaringiz yoki hamkasblaringizga istalgan qulay usulda yuboring.

![](_assets/share-doc.png){.border-yes}


## Tahrirlash ruxsatini ulasha olmayapman {#cant-share-edit}

Agar ruxsat berishni sozlash oynasida faqat **Ko‘rish** opsiyasi bo‘lsa, lekin **Tahrirlash** bo‘lmasa, demak, bu hujjatni birgalikda tahrirlash imkoni mavjud emas.

Nega bunday bo‘lishi mumkin:

**Hujjat eski muharrirda ochilgan**

 
:   Ehtimol, bu hujjat uchun birgalikda tahrirlash imkoniyatiga ega yangi muharrir hali ishga tushmagan bo‘lishi mumkin. Hujjat ochilgan varaqni yoping va qayta ulashib ko‘ring.

**Hujjat eski formatda**

 
:   `DOC`, `PPT`, `XLS` formatidagi hujjatlarni faqatgina birgalikda ko‘rish uchun ochish mumkin. Hamkasblaringiz bilan bunday hujjatni tahrirlash uchun avval uni muharrirda oching — hujjatning yangi formatdagi nusxasi yaratiladi va uni endi ulashish mumkin bo‘ladi.

**Hujjat umumiy jildda joylashgan, uning egasi eski muharrirdan foydalanadi**

 
:   Bu hujjat joylashgan jild egasidan tahrirlash ruxsatiga ega havolani sizga ulashishini so‘rang. Shunday qilib, unda birgalikda tahrirlash imkoniyatiga ega yangi muharrir ishga tushadi. Shundan keyin siz ham hujjatni ulashishingiz mumkin.

{% include [button-support](_includes/button-support/id-support/button-support-41a731e74b5e.md) %}
