Hujjatlarni tahrirlash

Hujjatlar, jadvallar va taqdimotlarni bevosita Yandex Disk orqali tahrirlashingiz mumkin.

Quyidagi fayl formatlari dastaklanadi:

  • hujjatlar — DOCX;
  • jadvallar — XLSX;
  • taqdimotlar — PPTX.

Sharh

Agar muharrir dasturida eskirgan hujjat formatini (DOC, XLS, PPT) ochsangiz, Yandex Disk avtomatik tarzda bu hujjat nusxasini yangi formatda (DOCX, XLSX, PPTX) yaratadi. Tahrir shu nusxada bajariladi, asl hujjat esa, o‘zgarishlarisiz qoladi.

Shuningdek, barcha hujjatlar bilan bir joyda ishlashingiz mumkin — mobil Yandex Docs ilovasida.

Muharrirda ishlash

Hujjatni muharrirda ochish uchun uni bosing.

Barcha o‘zgarishlar avtomatik saqlanadi. Hujjatda ishni yakunlab, Disk jildiga qaytish uchun brauzerdagi muharrir varag‘ini yoping.

Birgalikda tahrirlash

Hujjatni do‘stlar yoki hamkasblar bilan birgalikda tahrirlash uchun ularga buni ulashing:

  1. Hujjatni bosib turing.

  2. Yuqori panelda tugmasini bosing.

  3. Kirish huquqini tanlang: Ko‘rish yoki Tahrirlash.

    Diqqat

    Shaxsiy ruxsatni sozlash — kimgadir ko‘rish uchun, kimgadir tahrirlash uchun — hozircha bu imkonsiz.

  4. Havolani nusxalash tugmasini bosing va uni do‘stlaringiz yoki hamkasblaringizga istalgan qulay usulda yuboring.

Tahrirlash ruxsatini ulasha olmayapman

Agar ruxsat berishni sozlash oynasida faqat Ko‘rish opsiyasi bo‘lsa, lekin Tahrirlash bo‘lmasa, demak, bu hujjatni birgalikda tahrirlash imkoni mavjud emas.

Nega bunday bo‘lishi mumkin:

Hujjat eski muharrirda ochilgan

Ehtimol, bu hujjat uchun birgalikda tahrirlash imkoniyatiga ega yangi muharrir hali ishga tushmagan bo‘lishi mumkin. Hujjat ochilgan varaqni yoping va qayta ulashib ko‘ring.

Hujjat eski formatda

DOC, PPT, XLS formatidagi hujjatlarni faqatgina birgalikda ko‘rish uchun ochish mumkin. Hamkasblaringiz bilan bunday hujjatni tahrirlash uchun avval uni muharrirda oching — hujjatning yangi formatdagi nusxasi yaratiladi va uni endi ulashish mumkin bo‘ladi.

Hujjat umumiy jildda joylashgan, uning egasi eski muharrirdan foydalanadi

Bu hujjat joylashgan jild egasidan tahrirlash ruxsatiga ega havolani sizga ulashishini so‘rang. Shunday qilib, unda birgalikda tahrirlash imkoniyatiga ega yangi muharrir ishga tushadi. Shundan keyin siz ham hujjatni ulashishingiz mumkin.
Yordam xizmatiga yozish