Fayl yoki jildni o‘chirish
- Fayl belgisini bosib turing.
- Yuqori panelda
bosib turing → O‘chirish.
Diqqat
Chiqitdonga ko‘chirilgan fayllar Disk xotirangizda joy egallashda davom etadi. Ular 30 kundan keyin avtomatik tarzda o‘chirib yuboriladi. Ko‘proq joy bo‘shatish uchun Chiqitdonni mustaqil tozalang.
Bir nechta fayl yoki jildlarni o‘chirish
- Avval bitta faylni belgilang, keyin qolganlarini birma-bir bosib belgilang.
- Yuqori panelda
bosib turing → O‘chirish.
Chiqitdondan fayllarni tiklash
- Chiqitdonga kiring. Buning uchun yuqori menyuni o‘nga varaqlang va Chiqitdon havolasini bosing.
- Fayl belgisini bosib turing.
- Yuqori panelda
tugmasini bosing.
Diqqat
Agar fayllar Chiqitdondan o‘chirib yuborilgan bo‘lsa, ularni texnik jihatdan tiklab bo‘lmaydi.
Chiqitdonni tozalash
Chiqitdonni ikki xil usulda tozalashingiz mumkin:
Butunlay
Tanlab
- Yuqori menyuni o‘nga varaqlang va Chiqitdon havolasini bosing.
- Yuqori panelda
tugmasini bosing.
- Yuqori menyuni o‘nga varaqlang va Chiqitdon havolasini bosing.
- Chiqitdondan o‘chirishni istagan fayllar yoki jildlaringizni belgilang.
- Yuqoridagi qatorda
tugmasini bosing.
Diqqat
Chiqitdon tozalanganidan keyin fayllarni texnik jihatdan tiklab bo‘lmaydi.
Disk xotirasini tozalash
Agar Disk xotirasini butunlay tozalamoqchi bo‘lsangiz, barcha jild va fayllarni belgilang, ularni o‘chiring, keyin Chiqitdonni tozalang.
Diqqat
Agar Disk xotirasini tozalasangiz, o‘chirib yuborilgan fayllarni tiklab bo‘lmaydi.
Maqola foyda berdimi?
Avvalgisi
Keyingisi