Disk xotirasidagi rasmlarni ko‘rish

Rasmlarni ko‘rishga o‘tish uchun, yuqori menyudagi Foto tugmasini bosing.

Bu sahifaqa quyidagilar ochiladi:

  • JPG formatidagi rasmlar, ularni Disk xotirasiga siz yuklagansiz va ularning suratga olingan sanasi ko‘rsatilgan;
  • HEIC va HEIF formatidagi rasmlar, ularni Disk xotirasiga siz yuklagansiz;
  • JPG va PNG formatidagi rasmlar hamda videolar, ular mobil qurilmalardan Disk xotirasiga avtomatik tarzda yuklangan.

Sharh

Bo‘lim avtomatik tarzda yaratiladi, shuning uchun unga qo‘lda rasm joylashtirish imkonsiz. Agar rasm shu bo‘limda chiqishini istasangiz, unga suratga olingan sanasini qo‘shing.

“Foto” bo‘limi ko‘rinishi

“Foto” bo‘limi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun yuqori qatordagi tugmasini bosing va ko‘rinishni tanlang:

  • Kunlar bo‘yicha — suratlar bir xil hajmda bo‘ladi;
  • Aqlli plitka — rasmlar chiroyli galereya ko‘rinishiga kiradi.

Shu yerda qaysi suratlarni ko‘rsatishni ham tanlash mumkin:

Rasm bilan amallar

Rasmni to‘liq ekran rejimida ko‘rish uchun ochishingiz yoki bitta yoki bir nechta rasmni belgilashingiz mumkin.

Suratlaringiz bilan quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

Rasmni ko‘rish rejimida
  • – rasm haqidagi axborotni ko‘rish;
  • – suratni ulashish;
  • – “Tanlangan rasm va video” albomiga qo‘shish, shundan keyin belgisi ko‘rinishiga kiradi, qayta bosish suratni bu albomda o‘chiradi va belgisini tiklaydi;
  • – rasmni yuklab olish;
  • – rasmni o‘chirish.

Shuningdek, suratni albomga qo‘shish, asl nusxasini ochish, qayta nomlash, nusxalash yoki ko‘chirishingiz ham mumkin. Buning uchun yuqori qatordan belgisini bosing va kerakli bandni tanlang.

Belgilarni berkitish va rasmni to‘liq ko‘rish uchun uni qayta bosing. Ekranni o‘ngga yoki chapga varaqlash orqali boshqa rasmni tomosha qiling.

Rasmlarni belgilashda
  • – rasm haqidagi axborotni ko‘rish;
  • – suratni ulashish;
  • – rasmni yuklab olish;
  • – rasmni albomga qo‘shish.

Shuningdek, suratning asl nusxasini ochish, qayta nomlash, nusxalash, ko‘chirish yoki o‘chirishingiz mumkin. Buning uchun yuqori qatordan belgisini bosing va kerakli bandni tanlang.

Sharh

Bir vaqtda 500 tagacha rasmni belgilashingiz mumkin.

Rasm yoki video sifati pasaydi

Diskda rasm va videolar asl sifatda saqlanadi, chunki ular yuklanayotganda qo‘shimcha siqilmaydi. Lekin mobil veb-saytda ko‘rish uchun Disk trafik sarfini kamaytirish va Disk bilan ishlashni tezlashtirish uchun pasaytirilgan aniqlikda prevyu yaratadi. Suratlarni asl sifatida ko‘rish uchun uni mobil qurilmaga yuklab oling.

Yordam xizmatiga yozish