Eslatmalar
Eslatmalar – g‘oyalarni yozish va ishlarni rejalashtirish uchun xizmat. Yozuvlarni bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmada – masalan, kompyuter va telefonda amalga oshirish mumkin. Eslatmalar avtomatik Disk xotirasiga saqlanadi va qurilmalaringizga biror narsa yuz bersa, o‘chib ketmaydi.
Eslatma yaratish
Eslatmalar varag‘ini oching va tugmasini bosing. Eslatma matnida mo‘ljal olish qulay bo‘lishi uchun uni rasmiylashtiring: matnni yarim qalin yoki kursiv bilan ajratib ko‘rsating, tagiga chizing. Eslatmaning maksimal uzunligi – 50 000 belgi.
Diqqat
Agar eslatma 50 000 belgidan oshsa, u faqat telefonda saqlanadi. Eslatma Diskka yuklanishi uchun uni kichraytiring.
Muhim eslatmalarni ro‘yxatning yuqori qismiga mahkamlang – shunda ular doimo ko‘z o‘ngingizda bo‘ladi. Buning uchun eslatmani oching va yuqori o‘ng burchakdagi belgisini bosing.
Diqqat
500 tagacha eslatma yaratish mumkin.
Eslatmani o‘chirish
Agar eslatma ortiq kerak bo‘lmasa, uni o‘chiring – eslatmani oching, yuqori o‘ng burchakdagi belgisini bosing va o‘chirilganini tasdiqlang.
Sharh
O‘chirilgan eslatmalarni tiklash imkonsiz.
Turli qurilmalarda Eslatmalardan foydalanish
Agar bitta hisob bilan Diskka kirsangiz, Eslatmalardan bir nechta qurilmada – masalan, kompyuter va telefonda foydalanishingiz mumkin. Qaysi platformalarda Eslatmalar mavjudligini ko‘rish uchun Diskdagi eslatmalar bo‘limi bilan tanishing.
Agar bir xil eslatmani bir vaqtning o‘zida turli qurilmalarda tahrirlasangiz, Yandex Disk ushbu eslatmaning nusxasini yaratadi. Asl eslatmada bir qurilmadagi, nusxada esa boshqa qurilmadagi o‘zgarishlar saqlanadi.