Tasma
Tasmada Diskka yaqinda qo‘lda (Fayllarni yuklash bo‘limiga qarang) yoki avtomatik (Foto va videoni avtomatik yuklash bo‘limiga qarang) yuklagan fayllar, foto va videolar chiqadi. Hujjatlar va media fayllar bloklarga guruhlanadi.
Tasmaning o‘zidan fayl, foto va videoni ochish va ularni ulashish mumkin. Blok tarkibini ochish uchun uning sarlavhasiga bosing.
Tasmadagi istalgan blokni berkitish mumkin – hujjatlar va media fayllar bunda Diskdan o‘chirilmaydi.
Xotiralar
Diskkda turli odamlar, obyektlar va joylardagi rasmlarni yuklasangiz, Tasmada xotira shakllanadi. Bu ravon animatsiya va kayfiyat asosidagi musiqa bilan tematik saralama yoki slayd shoud hisoblanadi. Masalan, “Tuni bilan tonggacha sayr qildik” tanlanmasiga oqshom kadrlari tushadi va “Momiq do‘stlar” slayd shousiga jonivorlaringiz kadrlari tushadi.
Ko‘rish
Xotiralarni ko‘rish uchun unga bosing. Tomosha vaqtida:
- fotoni oldinga yoki orqaga varaqlash;
- slayd shouni pauzaga qo‘yish;
- musiqani faolsizlantirish;
- tanlanmadagi barcha fotolarga o‘tish.
Ulashish
Xotiralarni ulashish mumkin:
-
Fotosuratlar bilan albomga havola ko‘rinishida.
-
Oluvchiga animatsiya va musiqa bilan to‘liq slayd shou kelishi uchun videofayl formatida.
-
Oddiy fayllar ko‘rinishida.
Xotiralarni ulashish uchun:
- Xotiralar bilan albomga havolani yuborish
-
- Xotiralarni oching.
- Pastki panelda
tugmasini bosing.
- Ekran pastida Albomni ulashish bandini tanlang.
- Yuborish usulini tanlang – xatda, messenjerda, Bluetooth orqali yoki boshqa usulda.
- Video yuborish
-
- Xotiralarni oching.
- Pastki panelda
tugmasini bosing.
- Ekran pastida Video yuborish bandini tanlang.
- Video saqlanishini kuting – bu 1 daqiqagacha vaqt olishi mumkin.
- Yuborish usulini tanlang – xatda, messenjerda, Bluetooth orqali yoki boshqa usulda.
Video Foto bo‘limida chiqadi. Uni ko‘rishingiz yoki boshqa istalgan fayl kabi ulashishingiz mumkin.
Sharh
Agar sizda Yandex 360 tarifi ulangan bo‘lsa, saqlangan video Diskda joy olmaydi.
- Xotiradagi fotoni oddiy fayllar sifatida yuborish
-
- Xotiralarni oching.
- Pastki panelda
tugmasini bosing.
- Ekran pastida Faylni ulashish bandini tanlang.
- Yuborish usulini tanlang – xatda, messenjerda, Bluetooth orqali yoki boshqa usulda.
Berkitish
Xotirani Tasmadan olib tashlash, lekin Diskdan fotoni o‘chirmaslik uchun → Xotirani berkitish tugmasini bosing.