Yandex Disk va foydalanuvchi ma’lumotlari
Yandex Disk ilovasidan foydalanyotganingizda Yandex ma’lumotlarni to‘playdi va serverlariga yuboradi. Barcha ma’lumotlar Yandex tomonidan Maxfiylik siyosati va Litsenziya kelishuvi shartlari asosida qayta ishlanadi.
Ma’lumotlaringizni xavfsiz qilish uchun shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy talablarga rioya qiling.
Savollar yoki muammolar bo‘lsa, sahifaning quyidagi shakl orqali yordam xizmatiga yozing.
Yandex Disk ilovasi qanday ma’lumotlarni beradi
Ma’lumotlar turlari |
Nima uchun uzatiladi |
Ma’lumotlar uzatilishini qanday faolsizlantirish mumkin |
Fayllar va meta-axborotlar |
Xizmat fayllarni (fotolar, videolar, hujjatlar, qaydlar va boshqa fayllar) hamda meta-axborotlarni (fayl hajmi, yuklangan vaqti, joylashuvi, umumiy ma’lumotlardan foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar va fayllar ustida bajarilgan harakatlar) saqlash uchun qo‘llanadi. |
Xotira kartasidagi fayllarga kirish uchun ruxsat zarur. Qurilmaning tizim sozlamalarida ruxsatni faolsizlantirish mumkin. |
Foydalanish haqidagi ma’lumotlar |
Xizmat faoliyatini yaxshilash. |
Bunday ma’lumotlarsiz ilovadan foydalanish imkonsiz. Agar axborotlarni uzatishni xohlamasangiz, Yandex Disk ilovasidan foydalanmang. |
Qurilmaning texnik xususiyatlari |
Ilovaning ishlash sifatini oshirish. |
Bunday ma’lumotlarsiz ilovadan foydalanish imkonsiz. Agar axborotlarni uzatishni xohlamasangiz, Yandex Disk ilovasidan foydalanmang. |
Ilovaning ishlashida xatoliklar haqida hisobotlar |
Ilovaning ishlash sifatini oshirish. |
Bunday ma’lumotlarsiz ilovadan foydalanish imkonsiz. Agar axborotlarni uzatishni xohlamasangiz, Yandex Disk ilovasidan foydalanmang. |
O‘rnatilgan ilovalar ro‘yxati |
Foydalanuvchi muammolari tahlili. |
Foydalanuvchi muammo haqida xabar yuborsa, ma’lumotlar qayta aloqa shakllari orqali yuboriladi. |
Tarmoq turi, qurilmada bo‘sh joy hajmi |
Foydalanuvchi muammolari tahlili. |
Foydalanuvchi muammo haqida xabar yuborsa, ma’lumotlar qayta aloqa shakllari orqali yuboriladi. |
Joylashuv |
Qidiruv sifatini oshirish. |
Tarmoq yoki GPS yordamida joylashuni qidirish uchun ruxsat zarur. Qurilmaning tizim sozlamalarida joylashuv haqida ma’lumotlarni uzatishni faolsizlantirish mumkin. |
Aytilgan iboralar |
Qidiruv so‘rovi uchun ovozli ma’lumot kiritish. |
Mikrofondan foydalanish uchun ruxsat kerak. Qurilmaning tizim sozlamalarida ma’lumotlarni uzatishni faolsizlantirish mumkin. |
Ma’lumotlar uzatishni rad etish, ilovalar sozlamalarida ma’lumotlar yig‘ish o‘chirilmaydi yoki qurilmaning tizim sozlamalarida faqat Yandex Disk ilovasini faolsizlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.