Tadbirni topish
Taqvim bo‘yicha qidiruv kerakli tadbirni tezda topishga yordam beradi — masalan, shifokorga qaysi sanaga yozilganingizni eslay olmayotgan bo‘lsangiz. Qidiruv hodisa haqidagi barcha ma’lumotlarni hisobga oladi. Qidiruv paneliga quyidagilarni yozishingiz mumkin:
- nomi;
- tavsifi;
- kiritilgan faylning nomi;
- ishtirokchi ismi;
- o‘tkaziladigan joy.
Qidiruv satriga matn kiritishni boshlaganingizda, eslatma paydo bo‘ladi. Unda tadbirlar davrlarga bo‘linadi: oldin, bu hafta va keyinroq. Eng yaqin hodisa davri birinchi bo‘lib ko‘rsatiladi. Agar ro‘yxat katta chiqsa, uni oldingi yoki keyingi hodisalar tomon yuqoriga yoki pastga surish mumkin.
Taqvimdagi tadbirga o‘tish uchun uni ro‘yxatdan tanlang.
Agar sizda ko‘plab tadbirlar bo‘lsa va tavsiyalarni varaqlash noqulalik tug‘dirsa yoki topilgan tadbirlarni batafsilroq ko‘rishni istasangiz, qidiruv natijalari sahifasiga kirishingiz mumkin. Buning uchun qidiruv panelida Topish yoki Enter tugmasini bosing.