Ishlar roʻyxati

Ishlar ro‘yxati har kungi ishlarni rejalashtirishga yordam beradi. Ishlar panelini ochish uchun ekranning yuqori chap burchagida belgisini bosing va Ishlar ro‘yxati bandini tanlang.

Roʻyxatni yaratish yoki tahrirlash

Ekranning pastki qismida Ishlar ro‘yxatini yaratish bandini tanlang, nomini kiriting va Enter tugmasini bosing.

Ro‘yxat nomini o‘zgartirish uchun ustiga bosing.

Ro‘yxatni o‘chirish uchun uning nomini, keyin esa belgisini bosing.

Ishni yaratish

  1. Kerakli roʻyxatni oching.
  2. + Yangi ish tugmasini bosing.
  3. Ishning nomini kiriting. Talab etilsa, o‘ng tomonda belgisini bosing va bajarish muddatini belgilang.
  4. Enter tugmasini bosing.

Agar ishni bajargan bo‘lsangiz, nomning chap tomonida belgisini bosib, uni ro‘yxatda belgilang. Ish Bajarilganlar sahifasiga o‘tkaziladi. Agar ishni adashib bajarilgan deb belgilasangiz, uning nomi yonidan belgini olib tashlang.

Bajarish muddati o‘tib ketgan ishlarda tegishli ravishda qizil belgi bo‘ladi. Barcha muddati o‘tgan ishlarni Muddati o‘tganlar sahifasida ko‘rishingiz mumkin.

Ishni tahrirlash

Nomini o‘zgartirish

Ishni tanlang va uning nomini o‘zgartiring.

Bajarish muddatini o‘zgartirish

Ishni tanlang va belgisini bosing.

Ishni ro‘yxatdan olib tashlash

Ishni tanlang va belgisini bosing.

Ishlar haqida bildirishnomalar

Ishlar haqida bildirishnomalar hozircha faqat Taqvimning to‘liq versiyasida mavjud. To‘liq versiyani ochish uchun ekranning yuqori chap burchagidagi belgisini bosing va To‘liq versiya bandini tanlang.

To‘liq versiyada ishlar haqidagi bildirishnomalar qanday sozlanadi
  1. Ekranning yuqori o‘ng burchagida belgisini bosing.
  2. Bildirishnomalar blokida Rejalashtirilgan ishlar xatini yuborish va Muddati o‘tgan ishlar xatini yuborish opsiyalarini yoqing. Bu opsiyalarni alohida hamda birgalikda yoqish mumkin.
  3. Kerakli eslatma vaqtini belgilang.
Yordam xizmatiga yozish