Taqvimni koʻrish
Ko‘rinishni almashtirish
Mobil taqvimda ikkita tur mavjud:
- Rejalashtirish rejimida kun davomidagi tadbirlarni koʻrishingiz mumkin;
- Jadval rejimida eng yaqin rejalashtirilgan tadbirlarni roʻyxat shaklida koʻrishingiz mumkin.
Birlamchi shaklda taqvim ekranda Rejalashtirish rejimida aks ettiriladi. Tadbirlarni Jadval rejimida aks ettirish uchun ekranning chap yuqori burchagidagi belgisiga bosing va Jadval bandini tanlang.
Ikkala rejimda ham barcha taqvimlaringizdagi tadbirlarni ko‘rishingiz yoki keraksizlarini berkitishingiz mumkin. Agar sizda bir nechta taqvim bo‘lsa, tadbirning rangiga qarab uning qaysi taqvimga tegishli ekanligini aniqlash mumkin.
Kunlarni varaqlash
Kelgusi bir necha kun tadbirlarini Rejalashtirish rejimida koʻrish uchun ekranni chapga yoki oʻngga varaqlang.
Eng yaqin rejalashtirilgan tadbirlarni Jadval rejimida koʻrish uchun ekranni pastga varaqlang.
Joriy sanaga qaytish
Agar taqvimni oldinga yoki orqaga varaqlasangiz, siz tezda joriy sanaga qaytishingiz mumkin. Buning uchun ekran pastidagi Bugun tugmasini bosing.
Istalgan sanaga oʻtish
Ekranning yuqori burchagida belgisini bosing va kerakli sanani tanlang.
Kunning barcha tadbirlarini koʻrish
Agar siz barcha tadbirlarni koʻrmasangiz, ehtimol ular ekranga sigʻmagan boʻlishi mumkin. Taqvim sahifasini pastga varaqlang.
Taqvimda amalni bajarib boʻlmayapti
Muammo haqida bizga yozing. U haqida batafsil axborot bering – u qachon chiqdi, qanday harakatlarni va ularni qanday tartibda amalga oshirdingiz. Imkon bo‘lsa, skrinshot oling. Qaysi brauzer va uning qaysi versiyasidan foydalanishingizni bildiring.