Pochtada Taqvim
Yandex Pochta mobil ilovasida ichki Yandex Taqvim mavjud. Unda Taqvimning mobil saytidagi bor xususiyatlar taqdim etiladi.
Taqvimni Android qurilmalarida ochish uchun xatlar roʻyxati ostida belgisini bosing.
Taqvimni iOS qurilmalarida ochish uchun xatlar roʻyxati ustida belgisini bosing.
Taqvimga ilovadan kirganda Pochtada kimning qutisi ochiq boʻlsa, oʻsha foydalanuvchining taqvimi ochiladi.
Tezkor boshlash
Diqqat
Tezkor boshlash Android 8.0 va undan yuqoriroq versiyadagi qurilmalar uchun mavjud.
Siz taqvimga oʻz qurilmangiz bosh ekranida ilova beligisi orqali kirishingiz mumkin:
- Yandex Pochta ilovasi belgisini bosing va ushlab turing.
- Ochilgan roʻyxatda Taqvimni tanlang.
Maslahat
Har safar hisobni tanlamaslik uchun Eslab qolish xususiyatini yoqing. Birlamchi hisobni keyin ilova sozlamalarida oʻzgartirish mumkin boʻladi (Taqvim blokida Yorliq uchun hisobni bosing va hisobni belgilang).
Android qurilmalarida Taqvim vidjeti
Android qurilmangiz ekraniga Taqvim vidjetini joylashingiz mumkin. Buning uchun:
- Qurilmaning bosh ekranida bo‘sh joyni bosib turing.
- Vidjetlar bandini tanlang.
- Vidjetlar ro‘yxatidan Yandex Pochta ilovasini toping.
- Miniatyuralar ro‘yxatidan Taqvim vidjetini tanlang va uni ekranning bo‘sh joyiga tortib tashlang.
- Mos hisobni kiriting va vidjet o‘lchamimi sozlang. Endi Taqvimingizdagi tadbirlar doim ko‘z oldingizda bo‘ladi.
Ilova pochtasidagi Taqvim muammolari
Agar Yandex Pochta ilovasida muammoga duch kelsangiz, ilovaning o‘zidagi fikr-mulohaza shakli orqali bizga xato haqida xabar bering:
- Ekranni chap tomonga torting.
- Jildlar roʻyxati ostida Yordam va fikr-mulohazalar bandini tanlang.
- Muammo bandini tanlang.
- Muammo mavzusini tanlang.
- Muammoni iloji boricha batafsil tasvirlab bering.
Diqqat
Agar bizga ilova orqali ham yozolmasangiz, bizga fikr-mulohaza shakli orqali xabar yuboring.