Savollarni tredlarda muhokama qilish

Tredlar — bu xabarlarga bildirilgan fikrlar. Ular chatlar va kanallarda tartibni saqlashga yordam beradi: muhim xabarlar muhokamalar orasida yoʻqolib qolmasligi uchun.

Birinchi fikr qoldirish uchun xabarni bosing va Muhokama bandini tanlang. Agar mavzuda oldin muloqot boʻlgan boʻlsa, xabar yonida yashil belgi paydo boʻladi – unda qoldirilgan javoblar soni koʻrsatiladi.

Muhim tredlarni kuzatish

Tredda biror muhim narsa muhokama qilinayotgan boʻlsa va uni kuzatib borishni istasangiz, uni oching va tugmasini bosing. Endi tredda yangi xabarlar paydo bo‘lsa, bildirishnoma olasiz.

Shuningdek, quyidagi hollarda tredga obuna boʻlish avtomatik ravishda amalga oshadi:

  • siz bu tredda muloqot qilgansiz;
  • siz tred xabarini muhim yoki oʻqilmagan deb belgiladingiz;
  • sizni tred xabarlaridan birida zikr qilishdi.

Siz kuzatadigan tredlar roʻyxatini ochish uchun ekranning pastki qismida Chatlar tugmasini bosing, keyin Tredlar sahifasiga kiring. Tredga obunani bekor qilish uchun uni oching va tugmasini bosing.

Kanal va chatlardagi tredlarni boshqarish

Guruh chati yoki kanal administratori sifatida siz foydalanuvchilarga tredlarda suhbatlashishga ruxsat berish yoki taqiqlashingiz mumkin. Sozlamalarda Tredlarda muloqot faolsizlantirilgan bo‘lsa, faqat chat yoki kanal administratorlari postga fikr qoldirishi mumkin.

Yordam xizmatiga yozish