Promokodni qanday ishlatish mumkin
Promokod biznes uchun Yandex 360 xizmatiga ulanganda yoki yaxshiroq shartlar bilan tarifga o‘tganda chegirma olish imkonini beradi. Chegirma muddati cheklangan, u tugagach, odatdagi tarif shartlari qaytariladi.
Promokodni boshqa foydalanuvchi, Yandex yoki uning hamkorlaridan aksiyalar, tanlovlarda ishtirok etganlik uchun sovg‘a sifatida yoki yordam uchun minnatdorchilik sifatida olish mumkin.
Qanday tatbiq etiladi
Promokoddan tarifni ulash yoki boshqa tarifga o‘tish uchun foydalanish mumkin – bu aksiya shartlariga bog‘liq. Shartlar bilan promokod olingan aksiya sahifasida yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazida tanishishingiz mumkin.
Tashkilot yaratishda promokodni qanday ishlatish mumkin
Tashkilotni yo‘riqnoma asosida yarating. Promokodni kiritish imkoniyati tarifni tanlash bosqichida bo‘ladi.
Tarif o‘zgarganda promokodni qanday qo‘llash mumkin
Yangi tarifga o‘tishdan oldin promokodni kabinetda faollashtiring.
- 
Aksiya shartlari bilan yaxshilab tanishib chiqing va promokodni faollashtirish muddatiga e’tibor bering. 
- 
Promokodni tashkilot kabinetida yoki promokoddagi havola orqali faollashtiring. Tashkilot xonasidaHavola orqali- Tashkilot xonasiga kiring.
- Promokodni faollashtirmoqchi bo‘lgan tashkilotning xonasida ekaningizga ishonch hosil qiling. Tashkilot nomi sahifaning yuqori chap burchagida ko‘rsatiladi.
- Moliya → To‘lov va tarif bo‘limiga kiring.
- Promokodni kiritish ustiga bosing.
- Promokodni kiriting va Faollashtirish tugmasini bosing.
 - Promokodli havolaga o‘ting.
- Promokodni tatbiq etmoqchi bo‘lgan tashkilotni tanlang.
 
- 
Promokod faollashtirilganini tekshiring – yuqori o‘ng burchakda uning amal qilish muddati tugaydigan sana ko‘rsatilishi kerak. 
- 
Chegirmadan foydalanish uchun yangi tarifga o‘ting. Yo‘riqnoma 
Savol-javoblar
Promokod muddati tugaganida nima bo‘ladi?
Balansdan tarif bo‘yicha to‘liq to‘lov yechib olina boshlaydi. Agar promokodni ishlatishdan oldin sizda maxsus shartlar bo‘lgan bo‘lsa, endi ular oddiy bo‘ladi.
Biznes uchun Yandex 360 tariflaridan biri allaqachon ulangan bo‘lsa, promokodni ishlatishim mumkinmi?
Ha, promokod bilan siz istalgan tarifga, jumladan, agar promokod bo‘yicha chegirma unga tegishli bo‘lsa, amaldagi tarifingizga ham o‘tishingiz mumkin.
Misol
Tashkilotingiz uchun Optimal tarifi ulandi.
Agar Optimal va Kengaytirilgan tarif rejalarini ulash uchun promokodingiz bo‘lsa, quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
— Chegirmali Optimal tarifga o‘tish uchun promokodni qo‘llash.
— Arzonroq narxda Kengaytirilgan tarifiga o‘tish.
Agar promokod faqat Kengaytirilgan tarifi uchun amal qilsa, joriy Optimal tarifiga chegirma qo‘llanilmaydi.
Chegirma necha marta amal qiladi?
Agar promokodni faollashtirsangiz, chegirma keyingi to‘lovlarga amal qiladi, lekin faqat aksiya shartlarida ko‘rsatilgan sanagacha.
Agar bir vaqtning o‘zida bir nechta promokodni faollashtirsangiz, qaysi promokod amal qiladi?
Eng katta chegirmaga ega bo‘lgan qo‘llaniladi. Agar bu vaqtda yanada foydaliroq bo‘lgan Yandex 360 aksiyasi amal qilayotgan bo‘lsa, unda siz promokod bo‘yicha emas, balki ushbu aksiya bo‘yicha chegirmali tarifni ko‘rasiz.
Agar tarif o‘chirib qo‘yilsa, promokod va chegirma nima bo‘ladi?
Agar promokod hali amalda ekanida tarif faolsizlantirilsa, u faolligicha qoladi. Bu chegirmali tarifni qayta ulashingiz mumkinligini anglatadi. Ammo shuni yodda tutingki, chegirma faqat aksiya shartlarida ko‘rsatilgan sanagacha amal qiladi.
Promokod bilan bog‘liq muammo
Agar promokodni faollashtira olmasangiz, aksiya shartlarini toping va uning amal qilish muddati tugamaganiga ishonch hosil qiling.
Agar faol promokoddan foydalana olmagan bo‘lsangiz yoki boshqa muammo yuzaga kelsa, yordam xizmatiga yozing.
Foydalanish shartlari
Tashkilotda 250 dan ortiq xodim bo‘lmasa, promokodni qo‘llash mumkin.
Har bir promokoddan foydalanish, jumladan, faollashtirish muddati va chegirma amal qilish muddati aksiya shartlari bilan tartibga solinadi.
Biznes uchun Yandex 360 tizimida chegirmalar taqdim etish shartlari