Tredlar

Messenjerda asosiy chatni ortiqcha yuklamaslik uchun har qanday xabarni alohida shoxobchada muhokama qilish mumkin.

Sozlamalar orqali yoqish

Birlamchi funksiya chat yoki kanal administratorlari uchun mavjud. Shu bilan birga, chat yoki kanalning qolgan a’zolari administratorlar tomonidan yaratilgan tredlarni ko‘radi, lekin ularga yoza olmaydi. Barcha a’zolarga tredlarda muloqot qilishga ruxsat berish uchun:

  1. Chat yoki kanal oching.
  2. U haqidagi ma’lumotni ochish uchun yuqoridagi chat yoki kanal nomi ustiga bosing.
  3. Chat sozlamalari ustiga bosing.
  4. Tredlarda muloqot qilish opsiyasini yoqing.

Tred yaratish

  1. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan kerakli xabarni bosing yoki uni mobil qurilmada belgilang.
  2. Muhokama qilish ustiga bosing.

Xabarlarni odatdagidek yozish mumkin bo‘lgan alohida tred ekrani ochiladi.

Tred ochish

Tred yaratilgan xabarda javoblar soni ko‘rsatiladi. Treadga o‘tish uchun ushbu belgini bosing.

Tredga obuna bo‘lish

Quyidagi hollarda tredga avtomatik tarzda obuna bo‘lasiz:

  • siz tred (dastlabki xabar) muallifi bo‘lsangiz;
  • tredda yozsansiz;
  • siz treddagi xabarni o‘qilmagan deb belgilasangiz;
  • tred ishtirokchisi sizni eslab o‘tsa.

Istalgan tredga qo‘lda obuna bo‘lishingiz mumkin:

  1. Tred oching.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi belgisini bosing.

Siz obuna bo‘lgan tredlarda yangi xabarlar haqida bildirishnomalar olasiz.

Tredlar ro‘yxatini ko‘rish

Siz obuna bo‘lgan tredlar Tredlar bo‘limida joylashgan. Bo‘lim nomining o‘ng tomonida o‘qilmagan xabarlar soni korinadi.

Veb va kompyuter versiyalarida O‘qilmaganlar opsiyasini yoqish mumkin — shunda sahifada faqat yangi xabarli tredlar ko‘rinadi.

  1. Chatlar ro‘yxatini oching.
  2. Qidiruv qatori pastida Tredlar belgisini bosing.
  1. Chatlar ro‘yxatini oching.
  2. Ekranning yuqori qismida Tredlar belgisini bosing.

Ekranning quyi qismida Tredlar belgisini bosing.

Tred obunasidan chiqish

  1. Tredlar belgisini bosing.
  2. Endi qiziq bo‘lmagan tredga o‘ting.
  3. Yuqori o‘ng burchakdagi belgisini bosing.

Tredni o‘qilmagan deb belgilash

Treddagi xabarlarni o‘qigan bo‘lsangiz, lekin ularga darhol javob bera olmasangiz, tredni o‘qilmagan deb belgilang. Tredning yonida o‘qilmagan xabarlar hisoblagichi ko‘rsatiladi — shunda vaqt bo‘lganda yozishmalarga qaytishni unutmaysiz.

  1. Tredlar belgisini bosing.
  2. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan tred ustiga bosing.
  3. O‘qilmagan deb belgilash bandini tanlang.

Alohida xabarni belgilash uchun:

  1. Tred oching.
  2. Xabar ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
  3. O‘qilmagan deb belgilash bandini tanlang.
  1. Tredlar belgisini bosing.
  2. Kerakli tred ustiga bosib turing.
  3. O‘qilmagan deb belgilash bandini tanlang.

Alohida xabarni belgilash uchun:

  1. Tred oching.
  2. Xabarni bosing.
  3. Android uchun O‘qilmagan deb belgilash yoki iOS uchun O‘qilmagan bandini tanlang.

Xabarni topish

Xabar parchasini kontaktlar ro‘yxati ustidagi Qidiruv maydoniga kiritishingiz yoki tred orqali qidirishdan foydalanishingiz mumkin. Treydlardagi xabarlarni qidirish oddiy chat yoki kanal dagi kabi ishlaydi.

  1. Tred oching.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi belgisini bosing.
  1. Tred oching.
  2. Yuqori o‘ng burchakda iOS uchun yoki Android uchun Chat orqali qidiruv belgisini bosing.

Tredlar rivojlanmoqda va biz fikr-mulohazalaringiz uchun minnatdor bo‘lamiz. Taklif yoki muammo paydo bo‘lsa, bizga yozing.

Yordam xizmatiga yozish