Statuslar
Statuslar suhbatdoshlaringizga hozirda Messenjer orqali muloqot qilish qanchalik qulayligini va javobingizni qanchalik tez kutish mumkinligini tushunishga yordam beradi.
Statuslar chatlar ro‘yxatida korinadi: rasmning pastki o‘ng burchagida va ism yonida, shuningdek, foydalanuvchi kartochkasida ko‘rinadi.
Har bir status o‘z rang belgisiga ega:
-
Tarmoqda
— siz aloqadasiz va xabarlar hamda telefonlarni qabul qilishga tayyorsiz.
Birlamchi asosiy status. O‘zingizga boshqa status o‘rnatmagan bo‘lsangiz, barcha chatlar a’zolari sizni “tarmoqda” ekanligingizni ko‘rib turadi.
-
Joyida emas
— Messenjerga kira olmasligingiz sababli xabarlarni o‘qiy olmaysiz va telefonlarga javob bera olmaysiz.
Masalan, ish joyingizda Messenjerning veb-versiyasidan foydalanayotgan bo‘lsangiz va majlisga ketayotgan bo‘lsangiz, Joyida emas statusini belgilang. Shunda hamkasblaringiz yaqin orada ularning xabarlarini o‘qiy olmasligingizni tushunishadi.
-
Keyinroq javob beraman
— siz bandsiz va hozir siz bilan faqat muhim savollar bo‘lsagina bog‘langanlari ma’qul.
Sizga nima yozishayotganini yoki telefon qilishayotganini ko‘rib turasiz va istasangiz, javob berishingiz mumkin.
-
Bezovta qilinmasin
— umuman muloqot qilishni rejalashtirmayapsiz.
Bezovta qilinmasin statusi o‘rnatilsa, xabar va telefon bildirishnomalari avtomatik tarzda o‘chiriladi. Yangi xabarlarni o‘tkazib yubormaslik uchun qayta ulanganingizda statusni o‘zgartirishni unutmang.
Standart statuslardan tashqari, o‘z shaxsiy statuslaringizni ham yaratishingiz mumkin. Masalan, ta’tilda bo‘lsangiz, hamkasblar uchun savollarni kimga yo‘naltirishni ko‘rsatadigan status yaratishingiz mumkin.
Shaxsiy status qanday yaratiladi
Bir vaqtning o‘zida maksimal 5 ta shunday statusga ega bo‘lish mumkin.
- Chatlar ro‘yxati ustida joriy statusingizga bosing.
- Status yaratish tugmasini bosing.
- Mos emoji tanlang va “Ta’tilda” kabi 75 ta belgidan oshmaydigan status matnini o‘ylab toping. Bu statusda bildirishnomalar olishni istamasangiz, ularni o‘chiring.
- Saqlash va davom etish tugmasini bosing.
- Ro‘yxatdan status amal qilish vaqti yoki O‘zgartirmagunimcha variantini tanlang.
- Yaratilgan statusni joriy status o‘rniga o‘rnatish uchun O‘rnatish tugmasini, saqlash va keyinroq o‘rnatish uchun esa O‘rnatilmasin tugmasini bosing.
- Chatlar ro‘yxati ustida joriy statusingizga bosing.
- Status yaratish tugmasini bosing.
- Mos emoji tanlang va “Ta’tilda” kabi 75 ta belgidan oshmaydigan status matnini o‘ylab toping. Bu statusda bildirishnomalar olishni istamasangiz, ularni o‘chiring.
- Saqlash tugmasini bosing.
- Ro‘yxatdan status amal qilish vaqti yoki O‘zgartirmagunimcha variantini tanlang. Yaratilgan status joriy statusning o‘rniga o‘rnatiladi.
Statusni saqlash va keyinroq o‘rnatish uchun Status o‘rnatilmasin tugmasini bosing.

Statusni tahrirlash yoki o‘chirib tashlash uchun ro‘yxatda unga bosing va kerakli amalni tanlang.
Sharh
Joriy deb tanlangan status olib tashlansa, uning o‘rniga Tarmoqda statusi o‘rnatiladi.
Status qanday almashtiriladi
- Chatlar ro‘yxati ustida joriy statusingizga bosing.
- Ro‘yxatdan joriy status o‘rniga o‘rnatmoqchi bo‘lganingizni tanlang.
- Ro‘yxatdan status amal qilish vaqti yoki O‘zgartirmagunimcha variantini tanlang. Masalan, yarim soatlik majlisga ketayotgan bo‘lsangiz, Joyimda emasman → 30 daqiqaga bandini tanlang. Buni asosiy — Tarmoqda statusidan boshqa har qanday statusni sozlashda bajarish kerak.
Statusning amal qilish vaqtini sizdan boshqa hech kim ko‘rmaydi. Amal qilish vaqti tugagach, Tarmoqda statusi o‘rnatiladi.
Istalgan statusni asosiy Tarmoqda statusiga qaytarish uchun uning o‘ng tomonidagi tugmasini bosing.