ISO/IEC 27001 xavfsizlik standarti
Yandex Pochta ISO/IEC 27001:2022 standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega. Bu axborot xavfsizligini ta’minlashning xalqaro standarti. U tegishli jarayonlarni joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va uzluksiz yaxshilash talablarini belgilaydi.
Mustaqil audit ma’lumotlariga ko‘ra, Yandex Pochta standart talablariga javob beradi. Masalan:
-
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlaydi va ulardan qochadi;
-
tizimni dastaklash va yangi tahdidlardan tezkor himoya qilish uchun axborot xavfsizligi yo‘nalishini yetarli darajada moliyalashtiradi;
-
xodimlarni maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashga o‘rgatadi va bilimlarning amalda qo‘llanilishini tekshiradi;
-
ma’lumotlardan, shu jumladan, xodimlar tomonidan ruxsatsiz foydalanishning oldini oladi;
-
ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli texnologiyalaridan foydalanadi.