Arxivni yoqish va o‘chirish

Diqqat

Arxivni qo‘shishdan oldin, albatta, tashkilotingiz yuristi bilan maslahatlashing. U holatingizda ma’lumotlarga kirish uchun xodimlarning roziligini olish kerakmi yoki yo‘qligini aytadi.

Birlamchi holatda xatlarga arxiv orqali kirish faolsizlantirilgan.

Arxiv yoqilsa, tashkilotning domenida pochta qutisi yaratilgan xodimlarning barcha xatlari unga kiritiladi. Yodda tuting: arxiv yoqilishidan oldin quti egalari o‘chirib tashlagan xatlar qayta tiklanmaydi.

Arxiv qanday yoqiladi

  1. Admin.yandex.ru sahifasini oching.

  2. PochtaXatlar arxivi bandini tanlang.

  3. Ulanish tugmasini bosing.

  4. Faolsizlantirishni tasdiqlang.

Arxiv qanday o‘chiriladi

  1. Admin.yandex.ru sahifasini oching.

  2. PochtaXatlar arxivi bandini tanlang.

  3. Xatlar arxivi sarlavhasi yonidagi uchta nuqtani bosing.

  4. Faolsizlantirishni tasdiqlang.

Agar arxiv bir oy ichida qayta yoqilsa, u yaratilgan qidiruvlar va ularning natijalarini saqlaydi.

Bir oydan keyin arxiv barcha qidiruvlar bilan birga o‘chirib tashlanadi.

Yordam xizmatiga yozish

Internetda kompaniya nomi. Masalan, Yandexda bu yandex.ru. Domenda login@example.com ko‘rinishidagi manzillar bilan xodimlarning pochta qutilarini yaratish mumkin. Domenlarni qanday sozlash kerak