Tashqi kontaktlar

Tashqi kontaktlar — bu tashkilotingizdan bo‘lmagan foydalanuvchilar. Ular hamkor kompaniyalar xodimlari, pudratchilar, mijozlar yoki buyurtmachilar bo‘lishi mumkin. Xodimlaringiz Pochta, Taqvim va Diskda kerakli odamlarni tezroq topishi uchun tashqi kontaktlarni biznes uchun Yandex 360 platformasiga kiriting — masalan, xat yozayotganda, majlis ishtirokchilarini kiritayotganda yoki jildlarga umumiy ruxsatni sozlayotganda.

Bir tashkilot uchun 200000 tagacha tashqi kontaktni kiritishingiz mumkin.

Qo‘shish

Ro‘yxat bilan yuklash

CSV fayl yordamida tashkilotingizga birdaniga bir nechta tashqi kontaktlarni kiritish mumkin.

  1. Namuna sifatida foydalanishingiz mumkin bo‘lgan CSV fayl andozasini yuklab oling.

    1. Tashkilot hisobini oching admin.yandex.ru.

    2. Menyuda o‘ngdan Foydalanuvchilar → Tashqi kontaktlar ruknini tanlang.

    3. Tashqi kontaktlarni birinchi marta kiritayotgan bo‘lsangiz, ekran markazidagi Ro‘yxatni yuklash tugmasini bosing.

      Tashkilotingizda tashqi kontaktlar mavjud bo‘lsa, ular yozilgan jadval ustida Kiritish tugmasini bosing va Ro‘yxat bilan yuklashni tanlang.

    4. Andozani bosing va faylni o‘zingiz uchun qurilmaga saqlab oling.

  2. Kontaktlar ro‘yxatini yuklash uchun andoza asosida yangi faylni shakllantiring.

    1. Yuklab olingan faylni ma’lumotlaringiz bilan to‘ldiring:

      • Birinchi qatorni o‘zgarishsiz qoldiring — bu katak sarlavhalari.

      • 2–6-qatorlardagi namunalar bo‘yicha faylga tashqi kontaktlar ma’lumotlarini qo‘shing. Namunalar berilgan qatorlarni olib tashlang.

        Katak tavsifi:

        N

        Katak

        Nimalarni o‘z ichiga oladi

        Izoh

        1

        last_name

        Familiya

        2

        first_name

        Ism

        3

        middle_name

        Otasining ismi

        4

        title

        Lavozim

        5

        company

        Kompaniya

        6

        address

        Pochta manzili

        7

        department

        Bo‘linma

        8

        phone_number

        Telefon raqami

        9

        is_main_phone_number

        Asosiy telefon belgisi

        Ehtimoliy qiymatlar:

        • true — asosiy;
        • falseqo‘shimcha.
          Asosiy raqam faqat bitta bo‘lishi mumkin.

        10

        phone_number_type

        Telefon raqam turi

        Ehtimoliy qiymatlar:

        • work — ishchi telefon;
        • mobile — mobil telefon;
        • ip — IP-telefon;
        • boshqa telefon raqamlari uchun katakni to‘ldirilmagan holda qoldiring.

        11

        email

        Elektron pochta manzili

        Barcha tashqi kontaktlar ro‘yxatida unikal bo‘lishi kerak.

        12

        is_main_email

        Asosiy elektron manzil belgisi

        Ehtimoliy qiymatlar:

        • true — asosiy;
        • falseqo‘shimcha.
          Asosiy elektron manzil faqat bitta bo‘lishi mumkin.

        13

        email_type

        Elektron manzil turi

        Ehtimoliy qiymatlar:

        • work — ishchi pochta;
        • shaxsiy pochta uchun katakni to‘ldirilmagan holda qoldiring.

      Bunda quyidagi qoidalarga amal qiling:

      • Fayldagi kataklarni ajratuvchi — vergul.

      • Ichida vergul bo‘lgan kataklarning qiymatini to‘g‘ri qo‘shtirnoqda ko‘rsating. Masalan, “Lev Tolstoy ko‘ch., 16”.

      • Elektron pochta mavjud katakdagi qiymat unikal bo‘lishi kerak. Agar faylda tashkilotingiznining tashqi kontaktlari ro‘yxatida mavjud bo‘lgan elektron pochta manzili qatori bor bo‘lsa, bunday fayl yuklashda xatolik chiqaradi.

      • Kontaktga qo‘shimcha elektron pochta manzillari yoki telefon raqamlarini kiritish uchun CSV faylda bunday ma’lumotlar yozilgan qatorlarni asosiy ma’lumotlar yozilgan qatordan keyin joylashtiring, bunday qatorlarning dastlabki yettita katagini bo‘sh qoldiring.

        Sharh

        Tashkilotingiznining tashqi kontaktlari ro‘yxatida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha elektron pochta manzillari yoki telefon raqamlarini faqat uni biznes uchun Yandex 360 interfeysida tahrirlashda kiritish mumkin. Tashqi kontaktni interfeysda qanday tahrirlash mumkin

    2. CSV faylni UTF-8 kodlashda saqlang.

      Diqqat

      Fayl boshqa kodlashda saqlansa, u noto‘g‘ri aniqlanadi.

    3. Fayl 1000 qatordan ko‘p emasligi, uning hajmi esa 10 MB gacha ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar fayl katta bo‘lsa, uni bir nechta kichikroq fayllarga ajrating.

  3. Tayyorlangan ro‘yxatni yuklang.

    1. Tashkilot hisobini oching admin.yandex.ru.

    2. Menyuda o‘ngdan Foydalanuvchilar → Tashqi kontaktlar ruknini tanlang.

    3. Tashqi kontaktlarni birinchi marta kiritayotgan bo‘lsangiz, ekran markazidagi Ro‘yxatni yuklash tugmasini bosing.

      Tashkilotingizda tashqi kontaktlar mavjud bo‘lsa, ular yozilgan jadval ustida Kiritish tugmasini bosing va Ro‘yxat bilan yuklashni tanlang.

    4. CSV faylni tanlash tugmasini bosing va faylingizni ko‘rsating.

    5. Ro‘yxatni yuklash ni bosing va yuklash tugashini kuting. Kiritilgan foydalanuvchilar Tashqi kontaktlar ro‘yxatida ko‘rsatiladi.

      Agar yuklash vaqtida xatolar sodir bo‘lsa, fayldagi ma’lumotlar yuklanmaydi. Ularni tuzating va ro‘yxatni yangitdan yuklab ko‘ring.

Kontaktni qo‘lda yaratish

  1. Tashkilot hisobini oching admin.yandex.ru.

  2. Menyuda o‘ngdan Foydalanuvchilar → Tashqi kontaktlar ruknini tanlang.

  3. Tashqi kontaktlarni birinchi marta qo‘shayotgan bo‘lsangiz, ekran markazidagi Qo‘lda kiritish tugmasini bosing.

    Tashkilotingizda tashqi kontaktlar mavjud bo‘lsa, ular yozilgan ro‘yxat ustida Kiritish tugmasini bosing va Qo‘lda yaratishni tanlang.

  4. Tashqi kontakt kartochkasi kataklarini to‘ldiring:

    • Familiya, ism va elektron pochta manzili katagini to‘ldirish majburiy.
    • Elektron pochta, ishchi, mobil va IP-telefon uchun asosiydan boshqa 15 tagacha qo‘shimcha qiymat qo‘shishingiz mumkin. Buning uchun kerakli katakdan o‘ngga bosing.
    • Kontaktlarda barcha elektron pochta manzillari unikal bo‘lishi kerak.
  5. Kiritilgan ma’lumotlarni tekshiring va Kiritish tugmasini bosing.

  6. Agar kiritishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, tizim qiymatlari tuzatilishi kerak bo‘lgan kataklarni ko‘rsatadi. Ularni qayta tahrirlang va Kiritish tugmasini yangitdan bosing.

    Agar hammasi to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, foydalanuvchi tashqa kontaktlar ro‘yxatida paydo bo‘ladi.

Topish

Tashqi kontaktlar bo‘limining yuqori o‘ng burchagida qidiruv qatori joylashgan. Topmoqchi bo‘lgan odamingizning ma’lum ma’lumotlarini kiritishni boshlang: ismi, familiyasi, otasining ismi, elektron pochtasi yoki u ishlaydigan kompaniya nomi. Ekranda o‘xshash tashqi kontaktlar ro‘yxati paydo bo‘ladi.

Foydalanuvchining kartochkasini ochish uchun ro‘yxatda uni tanlang. Unda bu kontakt uchun kiritilgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Agar uning uchun qo‘shimcha telefon raqamlari yoki elektron pochta manzillari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ularni ko‘rish uchun kartochkada Ko‘proq ko‘rsatish tugmasini bosing.

Tahrirlash

  1. Tashkilot hisobini oching admin.yandex.ru.
  2. Menyuda o‘ngdan Foydalanuvchilar → Tashqi kontaktlar ruknini tanlang.
  3. Ko‘rsatkichni kerakli kontaktga yo‘naltiring. Kerak bo‘lsa, ro‘yxat bo‘yicha qidiruvdan foydalaning. Qidiruv tartibi Topish bo‘limida tavsiflangan.
  4. Qatorning o‘ng qismida  belgisini bosing va Tahrirlashni tanlang.
  5. Kontakt ma’lumotlarini o‘zgartiring va Saqlash tugmasini bosing.

O‘chirish

  1. Tashkilot hisobini oching admin.yandex.ru.
  2. Menyuda o‘ngdan Foydalanuvchilar → Tashqi kontaktlar ruknini tanlang.
  3. Ko‘rsatkichni kerakli kontaktga yo‘naltiring. Kerak bo‘lsa, ro‘yxat bo‘yicha qidiruvdan foydalaning. Qidiruv tartibi Topish bo‘limida tavsiflangan.
  4. Qatorning o‘ng qismida  belgisini bosing va O‘chirishni tanlang.
  5. O‘chirishni tasdiqlang.
  6. Kontakt ro‘yxatdan topilmaydi. Bu kontakt bilan ulashilgan Diskdagi havola bo‘yicha fayllar va u taklif qilingan Taqvimdagi uchrashuvlar unga ochiq qoladi. Fayllarga ruxsatni yopish va uchrashuvlardan o‘chirish qo‘lda amalga oshiriladi.

Sharh

Kontaktni o‘chirish bir soatgacha vaqt olishi mumkin.

Pochta, Taqvim va Diskdagi tashqi kontaktlar

Tashkilotingizda bo‘lmagan kontaktlar  bayrog‘i bilan belgilanadi. Xat yuborayotganingizda, majlis ishtirokchilarini kiritayotganingizda yoki odamlarni umumiy jildga taklif qilayotganingizda bunday belgiga e’tibor bering. Bu yopiq ma’lumotni boshqa tashkilot xodimiga xatolik tufayli ulashishingiz ehtimolini kamaytiradi.

Tashqi kontaktlar ko‘rsatiladi:

Pochtada

Sharh

Agar kompyuter uchun pochta dasturida kontaktlarni sinxronlayotgan bo‘lsangiz va unda umumiy va tashqi kontaktlar ko‘rsatilmayotgan bo‘lsa, sinxronlashni yangitdan sozlang. Manzil kitobidan ayrim kontaktlar topilmasa, nima qilish kerak

Taqvimda

Diskda

Yordam xizmatiga yozish

Kontaktga qo‘shimcha elektron pochta manzillari yoki telefon raqamlarini kiritish uchun CSV faylda bunday ma’lumotlar yozilgan qatorlarni asosiy ma’lumotlar yozilgan qatordan keyin joylashtiring, bunday qatorlarning dastlabki yettita katagini bo‘sh qoldiring.

Qiymatlar bir-biridan ajratkichlar (ko‘pincha vergullar bilan, lekin boshqalar ham foydalanilishi mumkin) bilan ajratilgan ma’lumotlar formati. Odatda, jadvalli ma’lumotlarni saqlash va turli tizimlar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun foydalaniladi.

Yunikod belgilarini saqlash imkonini beradigan umumiy qabul qilingan va standartlashtirilgan matn kodlashlaridan biri. Operatsion tizimlar va veb-makonda keng qo‘llanadi.