Xodim chiqitdonidan oʻchirib tashlangan fayllarni tiklash
Xodim oʻz chiqitdonidan oʻchirib tashlagan fayl va jildlarni tashkilot chiqitdonidan tiklash mumkin. Unda har bir xodim uchun 10 Gb ajratilgan. Odatda 30 kun ichida tiklash mumkin, lekin ajratilgan joy tugasa, eski fayllar tezroq oʻchiriladi – yangilari uchun joy boʻshatiladi.
10 GB dan katta fayllarni tiklash imkonsiz – ular tashkilot chiqitdoniga tushmaydi, chunki juda katta.
Bu imkoniyat Optimaltarifida mavjud.
Fayllarni faqat administrator tiklashi mumkin. Buning uchun:
-
Biznes uchun Yandex 360 oching.
-
Chap menyuda Diskni tanlang.
-
Tashkilot chiqitdoni ustiga bosing.
-
Xodimning login yoki ismini kiritishni boshlang va uni ochilgan roʻyxatdan tanlang. Agar bilsangiz, fayl yoki jild nomini kiriting, uni oʻchirish turi va sanasini tanlang va Topishtugmasini bosing. Agar ularning nomlari bir xil boʻlsa, nom boʻyicha qidiruv jildni ham, undagi fayllarni ham koʻrsatadi.
-
Ochilgan roʻyxatdan kerakli obyektni tanlang va Tiklash tugmasini bosing. Bir vaqtda faqat bitta fayl yoki jildni tiklash mumkin.
-
Obyektni tiklash uchun joy tanlang: Fayl yoki jild egasining Diski yoki Boshqa xodimning diski, uning nomini kiriting va Tiklash tugmasini bosing. Agar xodimning Diskida boʻsh joy kam qolgan boʻlsa – fayl tiklanadi, lekin bu Diskni toʻldirib yuborishi mumkin. Bu holda xizmat koʻrish rejimiga oʻtadi: joy boʻshatmaguningizcha, baʼzi funksiyalardan foydalanish imkoni boʻlmaydi. Agar xodimning Diski allaqachon toʻlgan boʻlsa, joy boʻshatmaguningizcha faylni tiklab boʻlmaydi.
Tashkilot chiqitdoniga xodimlarning shaxsiy Disklaridan fayllar va jildlar tushadi, umumiy disklardan esa yoʻq.