---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://yandex.uz/support/weather/ru/snow-map.md
  - https://yandex.uz/support/weather/uz/snow-map.md
  - href: https://yandex.uz/support/weather/uz/snow-map.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.uz/support/weather/uz/llms.txt?revision=r21870761
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/weather/uz/llms.txt?revision=r21870761

# Qor qalinligi xaritasi

## Qor qalinligi xaritasi nima {#find}

[Qor qalinligi xaritasi](https://yandex.uz/pogoda/maps/snow) hozirgi vaqtdagi taxminiy qiymatni, shuningdek, avvalgi kun va keyingi 10 kundagi qorning qalinligini koʻrsatadi. Kulrang bilan qorsiz hududlar, koʻk rang bilan – eng kam qalinlikka, oq rang bilan esa eng koʻp qalinlikka ega hududlar belgilanadi.

{% note info %}

Qorning qalinligi – yogʻgan qorning suv ekvivalenti va uning zichligi asosida hisoblangan taxminiy baho. Suv ekvivalenti – dastlabki miqdordagi qorning erishi natijasida hosil boʻlgan suv qatlamining qalinligi.

{% endnote %}

## Xarita bilan qanday ishlanadi {#work}

{% cut "Toʻliq versiyada" %}

Qor qalinligi xaritasini ikki usulda ochish mumkin:

- **Xaritada ob-havo** [xizmatning asosiy sahifasidagi](https://yandex.uz/pogoda/) blokida paneldagi **![](_assets/snow-icon.svg) Qor qalinligi** ustiga bosing.
    
- Istalgan sahifa yuqorisidagi **Yogʻingarchilik xaritasi** ustiga bosing. Xaritada yuqori chap burchakdagi panelda **![](_assets/snow-icon.svg) Qor qalinligi** ustiga bosing.

Xaritada quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:
- Eng yaqin vaqt uchun ob-havo ma’lumoti – sahifaning pastki qismidagi vaqt jadvalida slayderni harakatlantiring yoki unda vaqtni tanlang.
- Muayyan nuqta uchun qor qalinligi uchun – ustiga kursorni olib boring.

Boshqa ob-havo xaritasiga oʻtish uchun xaritaning yuqori chap burchagida uni tanlang.

{% endcut %}

{% cut "Mobil versiyada" %}

Qor qalinligi xaritasini ochish uchun:

1. Bosh sahifada xaritani bosing.
    
1. Xaritaning oʻng tomonidagi **![](_assets/choose-map.png)**&nbsp;→ **![](_assets/snow-icon.svg) Qor qalinligi** belgisini bosing.

Qor qalinligi xaritasida quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:
- Eng yaqin vaqt uchun ob-havo ma’lumoti – sahifaning pastki qismidagi vaqt jadvalida slayderni harakatlantiring yoki unda vaqtni tanlang.
- Muayyan nuqta uchun sutka davomida yogʻgan va umumiy qor qalinligini – xaritada kerakli joyni bosing.
- Jami yoki bir sutkada qancha qor yog‘ganini – xaritaning quyi qismidan parametrni tanlang.

Boshqa ob-havo xaritalariga kirish uchun xaritaning chap qismidagi ![](_assets/choose-map.png) belgisini bosing.

{% endcut %}

[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/weather/uz/troubleshooting.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/style-yellow-button.md -->
 
<!-- endsource: uz/_includes/style-yellow-button.md -->

