Xizmatning bosh sahifasida ob-havo haqida dolzarb maʼlumotlarni olish uchun kerakli barcha narsa bor.
Qidiruv satri
Kerakli shahar yoki tumandagi ob-havoni bilish uchun, sahifaning yuqori qismidagi qidiruv satri orqali uni izlang – nomni kiritishni boshlang, taklif etilgan variantlarni kerakligini tanlang.
Joylashuvingiz uchun ob-havo maʼlumoti
Joylashuvingiz uchun ob-havoni bilmoqchi boʻlsangiz, qidiruv satrining chap tomonidagi Meni top tugmasini bosing. Qurilma sozlamalarida joylashuvingiz haqidagi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan boʻlishi kerak.
Mini-xarita
Qidiruv satri ostida joylashuv (shahar yoki tuman) belgilangan mini-xarita mavjud, uning uchun bosh sahifada ob-havo taqdim etilgan.
Mini-xarita ostida haqiqiy va soatbay ob-havo maʼlumoti kartochkasi joylashgan Haqiqiy ob-havo maʼlumoti tanlangan joylashuvda joriy ob-havo sharoitini, soatbay boʻlsa - kun davomida ob-havo qanday oʻzgarishini koʻrsatadi.
va tugmalari yordamida soatbay ob-havo maʼlumoti sohasi boʻylab harakatlanish mumkin.
Tematik ob-havo maʼlumotlari
Tematik ob-havo maʼlumotlari haydovchilar, baliqchilar, sportchilar yoki bogʻbonlarga kerak boʻlishi mumkin: unda toʻlqinlar balandligi, UB-indeksi, yer namligi kabi foydali maʼlumotlar mavjud. Ularni koʻrish uchun tematika nomi yozilgan tugmani bosih kerak, Bogʻ va tomorqa.
Tematik ob-havo maʼlumotlari ask etishini sozlash mumkin:
Tematikalar sahifasining oʻng tomonida belgisinin bosing.
Qaysi ob-havo maʼlumotlarini koʻrishni, qaysilarni koʻrmaslikni istashingizni belgilang.
Tanlash tugmasini bosing.
Ayrim tematik ob-havo maʼlumotlari barcha joylashuvlar uchun mavjud emas.
Qisqacha ob-havo ma’lumotilari
Bu boʻlimda ob-havo maʼlumotlari taqdim etilgan: bugun, ertaga, keyingi hafta va boshqalar. Bu yerda shuningdek, ob-havo oʻzgarishi haqidagi ogohlantirishlar ham aks etishi mumkin (masalan, ertaga shamolsiz ob-havo).
va tugmalari yordamida boʻlim boʻylab harakatlanish mumkin.
Uzoq muddatlar uchun ob-havo maʼlumotlari
Bu boʻilmda yaqin 10 kun uchun jamlanma ob-havo maʼlumoti, jumladan kunduzgi va tungi harorat egri chiziqlari mavjud. Har bir kun uchun qisqacha ob-havo maʼlumoti mavjud va undan batafsiliga oʻtish mumkin.
Jamlanma ob-havo maʼlumoti ichida 10 kunning har biri uchun batafsil maʼlumot mavjud.
Yanada uzoqroq muddat uchun ob-havo maʼlumotini koʻrish uchun, 10 kun uchun ob-havo maʼlumoti ostida Bir oylik ob-havo tugmasini bosing. 30 kun yoki aniq oy uchun ob-havo maʼlumoti sahifasi ochiladi.
va tugmalari yordamida boʻlim boʻylab harakatlanish mumkin.
Maʼlumot boʻlimi
Maʼlumot boʻlimida quyidagilar mavjud:
Ob-havo haqidagi maqola anonsi tushirilgan kartochka. Maqolaning toʻliq matniga oʻtish uchun Davomini oʻqish tugmasini bosing. Yandex Ob-havoxizmatidan maqolalar va dolzarb yangiliklar boʻlimiga oʻtish uchun Barcha maqolalar tugmasini bosing.
NN yillik kuzatuvlar davomida shu kun (boʻlmasligi ham mumkin). Bu kun uchun minimal va maksimal haroratlarning tarixiy maʼlumotlari. Shuningdek, bu ekstremal koʻrsatkichlar kuzatilgan yillar, yogʻingarchiliklar miqdori va shamol tezligi maʼlumotlari ham koʻrsatiladi.
Savol-javob rukni
Maʼlumotlar ruknida tanlangan shahardagi ob-havo haqida savol-javoblar mavjud:
Tanlangan shaharda bugun ob-havo qanday?
Tanlangan shaharda ertaga ob-havo qanday boʻladi?
Tanlangan shaharda odatda ob-havo qanday boʻladi?
Tanlagan shaharda eng sovuq oy qaysi?
Tanlagan shaharda eng issiq oy qaysi?
Javob olish uchun qiziqtirgan savolni bosing.
Mobil versiyaning bosh sahifasida ob-havo haqida dolzarb maʼlumotlarni olish uchun kerakli barcha narsa bor.
Qidiruv satri
Kerakli shahar yoki tumandagi ob-havoni bilish uchun, sahifaning yuqori qismidagi qidiruv satri orqali uni izlang – nomni kiritishni boshlang, taklif etilgan variantlarni kerakligini tanlang.
Joylashuvingiz uchun ob-havo maʼlumoti
Joylashuvingiz uchun ob-havoni bilmoqchi boʻlsangiz, qidiruv satrining oʻng tomonidagi Meni top yoki tugmasini bosing. Qurilma sozlamalarida joylashuvingiz haqidagi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan boʻlishi kerak.
Mini-xarita
Qidiruv satri ostida joylashgan va ob-havo maʼlumoti koʻrsatiladigan joylashuvni koʻrsatadi.
Mini-xarita ostida joylashgan, tanlangan joylashuvda joriy ob-havo sharoitlarini koʻrsatadi.
Tematik ob-havo maʼlumotlari
Tematik ob-havo maʼlumotlari haydovchilar, baliqchilar, sportchilar yoki bogʻbonlarga kerak boʻlishi mumkin: unda toʻlqinlar balandligi, UB-indeksi, yer namligi kabi foydali maʼlumotlar mavjud. Ularni koʻrish uchun tematika nomi yozilgan tugmani bosih kerak, Bogʻ va tomorqa.
Tematik ob-havo maʼlumotlari ask etishini sozlash mumkin:
Tematikalar sahifasining oʻng tomonida belgisinin bosing.
Qaysi ob-havo maʼlumotlarini koʻrishni, qaysilarni koʻrmaslikni istashingizni belgilang.
Tanlash tugmasini bosing.
Ayrim tematik ob-havo maʼlumotlari barcha joylashuvlar uchun mavjud emas.
Soatbay ob-havo maʼlumoti
Soatbay ob-havo maʼlumoti kun davomida ob-havo qanday oʻzgarishini koʻrsatadi. Navigatsiya uchun oʻngga yoki chapga varaqlang.
Uzoq muddatlar uchun ob-havo maʼlumotlari
Bu boʻilmda yaqin 10 kun uchun jamlanma ob-havo maʼlumoti, jumladan kunduzgi va tungi harorat egri chiziqlari mavjud. Har bir kun uchun qisqacha ob-havo maʼlumoti, shuningdek kerakli kunga bosih orqali batafsil maʼlumotga oʻtish imkoniyati mavjud.
Jamlanma ob-havo maʼlumoti ichida 10 kunning har biri uchun batafsil maʼlumot mavjud.
Agar uzoqroq muddatli ob-havo ob-havo maʼlumoti kerak boʻlsa, 10 kunlik batafsil ma’lumot ostidagi Oylik ob-havo tugmasini bosing.
Xaritalarni almashtirish uchun oʻngga yoki chapga varaqlang.
Qoʻshimcha maʼlumot
Bosh sahifada ob-havo maʼlumotidan tashqari quyidagilar mavjud:
Ob-havo haqidagi maqola anonsi tushirilgan kartochka. Maqolaning toʻliq matniga oʻtish uchun uning nomiga bosing. Yandex Ob-havo xizmatidan maqolalar va dolzarb yangiliklar boʻlimiga oʻtish uchun Barchatugmasini bosing.
NN yillik kuzatuvlar davomida shu kun (boʻlmasligi ham mumkin). Bu kun uchun minimal va maksimal haroratlarning tarixiy maʼlumotlari. Shuningdek, bu ekstremal koʻrsatkichlar kuzatilgan yillar, yogʻingarchiliklar miqdori va shamol tezligi maʼlumotlari ham koʻrsatiladi.
Yandex Ob-havo mobil ilovasida ob-havo haqida dolzarb maʼlumotlarni olish uchun kerakli barcha narsa bor.
Joylashuvingiz uchun ob-havo maʼlumoti
Birlamchi tarzda joylashuvingiz uchun ob-havo maʼlumoti aks etadi. Qurilma sozlamalarida joylashuvingiz haqidagi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan boʻlishi kerak.
Kerakli shahar uchun ob-havoni bilish uchun uni qidiruv orqali toping. Buning uchun yuqori chap burchakdagi belgisini keyin esa belgisini bosing, nomni kiritishni boshlang va taklif etilgan variantlardan kerakligini tanlang.
Haqiqiy va soatbay ob-havo maʼlumoti
Haqiqiy ob-havo maʼlumoti tanlangan joylashuvda joriy ob-havo sharoitini, soatbay boʻlsa - kun davomida ob-havo qanday oʻzgarishini koʻrsatadi. Navigatsiya uchun oʻngga yoki chapga varaqlang.
Qisqacha ob-havo ma’lumotilari
Haqiqiy va soatbay ob-havo maʼlumotlarida yogʻingarchiliklar xaritasi va qisqacha ob-havo maʼlumotlari: bugun, ertaga, bu haftada joylashgan.
Yogʻingarchiliklar xaritasi va qisqacha ob-havo maʼlumoti ortasida almashish uchun sahifani oʻngga yoki chapga aylantiring.
Uzoq muddatlar uchun ob-havo maʼlumotlari
Bu boʻilmda yaqin 10 kun uchun jamlanma ob-havo maʼlumoti mavjud. Har bir kun uchun qisqacha ob-havo maʼlumoti, shuningdek kerakli kunga bosih orqali batafsil maʼlumotga oʻtish imkoniyati mavjud.
Yanada uzoqroq muddat uchun ob-havo maʼlumotini koʻrish uchun, 10 kun uchun ob-havo maʼlumoti ostida Bir oylik ob-havo tugmasini bosing.
Xaritadagi ob-havo
Bu ruknda ob-havo maʼlumoti koʻrsatilgan joylashuv belgilangan mini-xarita mavjud.