---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://yandex.uz/support/weather/ru/glossary.md
  - https://yandex.uz/support/weather/uz/glossary.md
  - href: https://yandex.uz/support/weather/uz/glossary.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.uz/support/weather/uz/llms.txt?revision=r21870761
    rel: describedby
keywords: Yandex ob-havo oy qachon to‘ladi.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/weather/uz/llms.txt?revision=r21870761


# Ob-havo ma’lumoti ko‘rsatkichlari nimani anglatadi

## Shamol {#wind}

### Shamol yo‘nalishi {#wind-direction}

Mil shamol yo‘nalishini ko‘rsatadi:

 
:   <!-- source: uz/_includes/glossary-img.md -->
    ![](_assets/north.svg)— shimoldan esuvchi shamol (shimoldan janubga);
    ![](_assets/south.svg)— janubdan esuvchi shamol (janubdan shimolga);
    ![](_assets/west.svg)— g‘arbdan esuvchi shamol (g‘arbdan sharqqa);
    ![](_assets/east.svg)— sharqdan esuvchi shamol (sharqdan g‘arbga).
    <!-- endsource: uz/_includes/glossary-img.md -->

### Shamol tezligi {#wind-speed}

Anemometr yordamida metr/soniya o‘lchov birligida o‘lchanadi.

Yandex Ob-havo yer sathidan 10 m balandlikdagi shamol tezligini ko‘rsatadi.

Shamol tezligiga quyidagilar ta’sir qiladi:
- atmosferaning turli sohalarida atmosfera bosimi va harorati orasidagi tafovut;
- tag yuzasining notekis isishi;
- hududning o‘ziga xosligi (tog‘lar, o‘rmon yoki shahar).

#|
||
**Shamol tezligi, m/s**
|
**Shamol kuchini og‘zaki aniqlash**
||
||
0
|
Sokin
||
||
1-5
|
Zaif
||
||
6-10
|
O‘rtacha
||
||
10 dan ortiq
|
Kuchli
||

|#

Shamol tezligining batafsil bo‘linishi [Bofort shkalasida](https://uz.wikipedia.org/wiki/Bofort_shkalasi). Bu quruqlik va dengizda shamol tezligini aniqlash uchun umumiy qabul qilingan o‘lchov shkalasi hisoblanadi.

{% note info %}

Yandex Ob-havo veb-versiyasida o‘rtacha shamol tezligi, mobil versiyada — ham o‘rtacha, ham maksimal shamol tezligi (batafsil ob-havo ma’lumotida) ko‘rsatiladi.

{% endnote %}

## Ob-havo hodisalari {#Weather-conditions}

Qanday ob-havo kutilayotganini aniqlash uchun ob-havo hodisalari ishoralari shifrini ochish vositasidan foydalaning Quyoshli belgilar – kunduzgi vaqt uchun, yarimoyli belgilar – tungi vaqt uchun. Quyoshsiz va yarimoysiz belgilar esa kunning istalgan vaqtiga mos keladi.

#|
||
**Belgi**
|
**Tavsifi**
||
||
![](_assets/icons/skc_d.svg)/ ![](_assets/icons/skc_n.svg)
|
Ochiq
||
||
![](_assets/icons/fg.svg)
|
Tuman
||
||
![](_assets/icons/bkn_d.svg)/ ![](_assets/icons/bkn_n.svg)
|
Qisman bulutli
||
||
![](_assets/icons/ovc.svg)
|
Bulutli
||
||
![](_assets/icons/bkn_-ra_d.svg)/ ![](_assets/icons/bkn_-ra_n.svg)
|
Qisqa muddatli yomgʻir
||
||
![](_assets/icons/bkn_ra_d.svg)/ ![](_assets/icons/bkn_ra_n.svg)
|
Qisqa muddatli yomgʻir
||
||
![](_assets/icons/ovc_-ra.svg)
|
Yomgʻir
||
||
![](_assets/icons/ovc_ra.svg)
|
Yomgʻir
||
||
![](_assets/icons/ovc_ts.svg)
|
Momaqaldiroq
||
||
![](_assets/icons/ovc_ts_ra.svg)
|
Momaqaldiroq va yomgʻir
||
||
![](_assets/icons/bkn_+ra_d.svg)/ ![](_assets/icons/bkn_+ra_n.svg)
|
Jala
||
||
![](_assets/icons/ovc_+ra.svg)
|
Jala
||
||
![](_assets/icons/ovc_ha.svg)
|
Doʻl
||
||
![](_assets/icons/ovc_ra_sn.svg)
|
Qor aralash yomgʻir
||
||
![](_assets/icons/bkn_-sn_d.svg)/ ![](_assets/icons/bkn_-sn_n.svg)
|
Qisqa muddatli qor
||
||
![](_assets/icons/ovc_-sn.svg)
|
Qisqa muddatli qor
||
||
![](_assets/icons/bkn_sn_d.svg)/ ![](_assets/icons/bkn_sn_n.svg)
|
Qisqa muddatli qor
||
||
![](_assets/icons/ovc_sn.svg)
|
Qor
||
||
![](_assets/icons/ovc_+sn.svg)
|
Qor
||

|#

## Namlik {#humidity}

Havodagi suv bug‘i tarkibini ko‘rsatadi. Namlik yer sathidan 2 m balandlikda o‘lchanadi.

Namlik yuqori bo‘lganda shudring yoki tuman tushishi ehtimoli ortadi.

Namlikka hududning o‘ziga xos xususiyatlariga aloqador jarayonlar ta’sir qiladi:
- havo oqimlari bilan namlik ko‘chirilishi;
- namlik bug‘lanishi.

Ob-havo ma’lumotida havoning nisbiy namligi — havodagi suv bug‘ining massa ulushining joriy haroratdagi maksimal darajasiga nisbati aks etadi.

Namlik xizmatning asosiy sahifasidagi ob-havo kartasida va batafsil ob-havo ma’lumotlarida aks etadi.

## Bosim {#pressure}

Bosimga atmosfera aylanishi ta’sir ko‘rsatadi.

Siklon yaqinlashganda atmosfera bosimi pasayadi, antisiklon yaqinlashganda — ko‘tariladi.

Atmosfera aylanishi turini aniqlash uchun ob-havo xaritalarida **Shamol** varag‘ini ochib, oʻz shahringizdagi havo oqimlari qaysi yo‘nalishda harakat qilayotganini koʻring:
- soat mili yo‘nalishiga qarshi — siklon;
- soat mili yo‘nalishi bo‘yicha — antitsiklon.

{% note info %}

Janubiy yarimsharda siklon payti havo soat mili yo‘nalishida harakatlanadi, antisiklonda esa soat mili yo‘nalishiga qarshi harakatlanadi.

{% endnote %}

Aksariyat odamlar uchun odatiy hisoblangan bosim — 760 millimetr simob ustuni. Ammo har bir odam uchun normal atmosfera bosimi u yashayotgan mintaqaga, mintaqadagi bosim esa joyning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq. Masalan, Toshkent shahrining dengiz sathidan o‘rtacha balandligi — 455 m, uning uchun 717 mm simob ustuni normal bosim hisoblanadi. Shu bois toshkentliklar uchun 760 mm simob ustuni normal emas, balki yuqori bosim hisoblanadi.

#|
||
**Mintaqa uchun norma bilan tafovut, mm sim. ust.**
|
**Bosim qiymati**
||
||
Mintaqa uchun belgilangan normadan 20 kam
|
Past
||
||
Mintaqa uchun belgilangan normadan 10-20 kam
|
Pasaygan
||
||
Mintaqa uchun bilan me’yor taxminan 10 gacha farq qiladi
|
Normal
||
||
Mintaqa uchun belgilangan normadan 10-20 ko‘p
|
Ortiq
||
||
Mintaqa uchun belgilangan me’yordan 20 dan ortiq
|
Yuqori
||

|#

## Magnit maydoni {#magnetic-field}

Magnit maydoniga Quyosh faolligi ta’sir qiladi. Quyoshda portlashlar sodir bo‘lganda Yerga uning magnit maydoniga ta’sir qiluvchi zarralar oqimi yetib keladi.

Magnit maydoni holatini o‘lchash uchun olimlar Kp-indeksidan foydalanadilar. Bu 3 soat uchun butun sayyoramiz magnit maydonining me’yordan o‘rtacha farqini ko‘rsatadi. Kp-indeksi 1 (sokin holat) dan 10 (kuchli magnit bo‘roni) gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qilishi mumkin.

Xizmatda Kp-indeksi qiymatlariga quyidagi og‘zaki ta’riflar mos keladi:

#|
||
**Kp-indeks**
|
**Xizmatdagi maydon holati**
||
||
4 dan kam
|
Tinch
||
||
4
|
Beqaror
||
||
5
|
Yengil kuchaygan
||
||
6
|
Kuchaygan
||
||
7
|
Magnit bo‘roni
||
||
8 va undan ortiq
|
Kuchli magnit bo‘roni
||

|#

Magnit maydonning holatini [batafsil ma’lumotda](https://yandex.uz/pogoda/details) ko‘rasiz. Yandex Ob-havo xizmati magnit maydonining bugungi va keyingi uch kundagi holatini koʻrsatadi. Aniqlik darajasi past boʻlgani bois keyingi kunlar uchun ma’lumot shakllantirilmaydi.

Magnit maydonining kuchayishi aloqa va energetika tizimlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi odamlar magnit bo‘ronlariga ta’sirchan bo‘lishlari mumkin.

## His qilinayotgan harorat {#feels-like}

Namlik, shamol kuchi va boshqa omillarga qarab bir xil harorat ko‘rsatkichlari turlicha qabul qilinishi mumkin. Masalan, kuchli shamol paytida –5°C harorat nisbatan sovuq tuyuladi, yuqori namlik va yorqin quyosh sharoitida esa +25°C – nisbatan issiq hisoblanadi. Shu bois ob-havo ma’lumotida **His qilinayotgan harorat** koʻrsatkichi aks etadi. Bu ob-havo sharoiti qanchalik qulay ekanligini anglatadi.

His qilinayotgan haroratni hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:

- havo harorati;
- namlik;
- shamol tezligi;
- quyosh nurlari.

{% note info %}

His qilinayotgan harorat aksariyat odamlar uchun o‘rtacha harorat hisoblanadi. Har bir insonning issiqlikni his qilishi oʻziga xos bo‘lib, u **His qilinayotgan harorat** koʻrsatkichidan farq qilishi mumkin.

{% endnote %}

## Yorig‘lik kuni {#sunrise-sunset}

Quyosh chiqishidan ![](_assets/icons/fct_sn_rs.svg)quyosh botishigacha![](_assets/icons/fct_sn_dwn.svg) bo‘lgan vaqt.

Yandex Ob-havo atmosfera refraksiyasi Quyosh nurlari sinishi va tarqalishi bilan bogʻliq hodisani hisobga olgan holda kunduzgi vaqtni hisoblab chiqadi. Nur zichroq havo qatlamlaridan bo‘shroq qatlamiga (va aksincha) o‘tganda uning tezligi o‘zgaradi, Quyosh nurlari esa to‘g‘ri chiziqdan chetga chiqadi. Atmosfera refraktsiyasi, ayniqsa, quyosh ufqqa yaqinlashganda seziladi — ufqning orqasida allaqachon g‘oyib bo‘lgan bo‘lsa-da, siz quyosh diskini ko‘rishda davom etasiz.

Atmosfera refraktsiyasi tufayli yorug‘lik kunining davomiyligi oshadi.

Quyosh chiqish va botish vaqti hamda kunduz davomiyligini bu yerda koʻrish mumkin:

{% cut "Toʻliq versiyada" %}

[Xizmat asosiy sahifasida](https://yandex.uz/pogoda/?via=hl) va [batafsil maʼlumotda](https://yandex.uz/pogoda/details). Kunduz davomiyligi ham oʻsha yerda aks etadi.

{% endcut %}

{% cut "Mobil versiyada" %}

“Bogʻ va tomorqa” boʻlimida asosiy sahifada.

{% endcut %}

{% cut "Yandex Ob-havo ilovasida" %}

Sahifa quyi qismidagi soatbay ob-havo maʼlumotida va batafsil ob-havo maʼlumotida. Kunduz davomiyligi batafsil ob-havo maʼlumotida aks etadi.

{% endcut %}

## Suv harorati {#water-temperature}

Suv yuzasidagi haroratni ko‘rsatadi.

Suv harorati qiymati faqat yirik suv havzalari yaqinida joylashgan shaharlar uchun ko‘rsatiladi. Shaharga eng yaqin meteostansiyalar suv haroratini hisoblamasa, Yandex Ob-havo bu koʻrsatkichni mustaqil hisoblab chiqadi.

Suv haroratini xizmatning asosiy sahifasida soatbay ob-havo maʼlumotida va batafsil ob-havo maʼlumotida koʻrishingiz mumkin.

## Havo harorati {#air-temperature}

Yer sathidan kamida 2 m balandlikdagi harorat qiymatini aks ettiradi.

Hisoblashda havo haroratini o‘lchash uchun maxsus sharoitlar yaratilgan meteostansiyalar ma’lumotlari hisobga olinadi:
- yer yuzasidan 2 m balandlikdagi;
- shamol esib turadigan xona;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmaydi.

Uy termometrlari har doim ham bir xil qoidalarga muvofiq oʻrnatilmaydi, shu bois ularning ko‘rsatmalari Yandex Ob-havodagi haroratdan farq qilishi mumkin.

## UV indeksi {#uf}

Yer sathida Quyosh nurlanishi darajasini va inson uchun xavfliligini tavsiflaydi.

Indeks qiymati quyidagi parametrlarga bog‘liq:
- quyoshning mavsumiy faolligi;
- quyoshning geografik kenglik, ufq va dengiz sathiga nisbatan joylashuvi;
- joy ustidagi ozon qatlami holati;
- havoda aerozollar konsentratsiyasi;
- hudud relyefining aks ettirish qobiliyati;
- bulut turi.

{% note info %}

Aksariyat hollarda, bulutli, yomg‘irli ob-havo sharoitida UV indekslari past, ammo tumanda quyosh nurlari bir necha marta qaytariladi va tarqaladi va UV indeksi ortadi. Bunday effekt ko‘pincha tog‘larda seziladi.

{% endnote %}

**Quyosh nuridan qanday saqlanish kerak**

 
:   #|
    ||
    **UV indeksi qiymati**
    |
    **Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari**
    ||
    ||
    0–2 — past
    |
    Agar teringiz ta’sirchan bo‘lsa ham, kuyish xavfi minimal.
    ||
    ||
    3–7 — o‘rtacha
    |
    12:00 dan 16:00 ga qadar soyada bo‘lishga harakat qiling.
    
    15–30 faktorli quyosh nuridan saqlaydigan kremdan foydalaning.
    
    
    
    Bosh kiyim va yengi uzun kiyim kiying.
    ||
    ||
    8 dan ortiq — juda yuqori
    |
    12:00 dan 16:00 gacha binodan tashqariga chiqmang.
    
    
    
    50 faktorli quyosh nuridan saqlaydigan kremdan foydalaning.
    
    
    
    Yopiq kiyim kiying va quyosh nuriga qarshi ko‘zoynak taqing.
    ||
    
    |#

**UV indeksini qayerda ko‘rish mumkin**

 
:   UV indeksining amaldagi qiymati xizmatning bosh sahifasida ko‘rsatiladi.
    
    
    
    Yaqin 4 kun uchun UV-indeks qiymatini [batafsil ob-havo ma’lumotida](https://yandex.uz/pogoda/details) topasiz.

## Oy fazasi {#lunar-phase}

Oyning Quyosh tomonidan yoritilish darajasini ko‘rsatadi.

Xizmat bosh sahifasidagi bugungi kun uchun ob-havo ma’lumotida oyning fazasi haqida matnli ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

10 kunlik batafsil ob-havo ma’lumotida oy fazasi rasmda ko‘rsatilgan. Doiraning sariq qismi — oyning ko‘rinadigan tomoni, to‘q-kulrang — ko‘rinmas qismi.

#|
||
**Belgi**
|
**Oy fazasi**
|
**Oy osmonda ko‘rinadigan taxminiy vaqt**
||
||
![](_assets/new-moon.svg)
|
Yangi Oy
|
Ko‘rinmaydi
||
||
![](_assets/young-moon.svg)
|
O‘sib boruvchi oy
|
09:00–21:00
||
||
![](_assets/first-quarter.svg)
|
Birinchi chorak
|
12:00-00: 00
||
||
![](_assets/crescending-moon.svg)
|
O‘sib boruvchi oy
|
15:00-03:00
||
||
![](_assets/full-moon.svg)
|
To‘lin oy
|
18:00–06:00
||
||
![](_assets/descending-moon.svg)
|
Qisqaruvchi Oy
|
21:00–09:00
||
||
![](_assets/last-quarter.svg)
|
So‘nggi chorak
|
00:00-12: 00
||
||
![](_assets/old-moon.svg)
|
Qisqaruvchi Oy
|
03:00-15:00
||

|#

{% cut "Yandex Ob-havo Oy fazasini qanday hisoblab chiqadi" %}

Hisoblash uchun Jan Meeus tomonidan “Astronomik algoritmlar” kitobida tasvirlangan usuldan foydalaniladi, u oy diskiga tushadigan quyosh yorugʻlik koeffitsientini hisoblashga asoslanadi. Bu koeffitsiyent Yerning Quyoshdan (fazalar burchagi) selenotsentrik uzoqlashishiga bogʻliq.

Faza burchagini hisoblashda Yerdan Quyoshgacha va Yerdan Oygacha masofa, shuningdek, Oyning Quyoshga nisbatan nuqtasi uzunligi va kengligi hisobga olinadi.

Siderik oy sutkalariga, yaʼni Oy Yer atrofida toʻliq aylanadigan davrga qarab Yerdan Oyga va Yerdan Quyoshgacha masofa oʻzgaradi. Yerdan Quyoshgacha masofa bir astronomik birlik 1 AU – 149 971 520 km ga teng deb hisoblanadi va Yerdan Oygacha masofa Oyning Quyoshga nisbatan nuqtasi uzunligi va kengligi maʼlum bir sana va vaqt uchun hisoblanadi.

Yorugʻlik koeffitsiyenti 0 dan 1 gacha qiymatlarni qabul qilishi mumkin:

- 0 – yangi Oy.
- 0,5 – birinchi yoki oxirgi chorak.
- 1 – toʻlin Oy.

Ikki kun uchun koeffitsiyent hisoblansa, Oyning oʻsayotgani yoki kamayotganini aniqlash mumkin. Keyingi kun uchun kattalashsa, Oy oʻsayotgan boʻladi, aksi boʻlsa – kamayotgan boʻladi.

{% endcut %}

[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/weather/uz/troubleshooting.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/style-yellow-button.md -->
 
<!-- endsource: uz/_includes/style-yellow-button.md -->

