---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://yandex.uz/support/weather/ru/faqservice.md
  - https://yandex.uz/support/weather/uz/faqservice.md
  - href: https://yandex.uz/support/weather/uz/faqservice.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.uz/support/weather/uz/llms.txt?revision=r21870761
    rel: describedby
keywords: Yandex Ob-havo shahar qanday oʻzgartiriladi.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/weather/uz/llms.txt?revision=r21870761


# Joylashuvni tanlash

Yandex Ob-havo siz joylashgan hududni GPS maʼlumotlari asosida avtomatik tarzda aniqlaydi. Qurilma sozlamalarida joylashuv maʼlumotlaridan foydalanish ruxsati boʻlishi lozim.

GPS priyomnigi bilan jihozlanmagan qurilmalarda hudud IP-manzil boʻyicha aniqlanadi. Ba’zan bunday usul katta xatolikni oʻz ichiga oladi. IP-manzilni hududiy biriktirish masalalari boʻyicha oʻz internet-provayderingizga murojaat qilishingiz mumkin.

Yandex Ob-havo ilovasida joylashuv GPS ma’lumotlari va geolokatsiya xizmatidan keladigan aniq koordinatalar orqali aniqlanadi. Ma’lumotlarni fonda yangilash uchun qurilma sozlamalarida ilovaga joylashuv axborotiga doimiy kirish ruxsatini bering. Qurilmangizda geolokatsiya xizmati yoqilgan va “Barcha manbalar boʻyicha” rejimi tanlangan boʻlsagina, ilova joylashuvni mikrorayongacha aniqlik bilan aniqlaydi.

Joylashuvni qoʻlda belgilash uchun:

{% cut "Toʻliq va mobil versiyada" %}

[Sozlamalar sahifasida](https://yandex.uz/tune/geo/) shahar nomini ko‘rsating.

Qo‘lda tanlangan shahar cookie-fayllarda saqlanadi. Agar siz doimiy ravishda qo‘lda tanlangan shahar o‘rniga boshqasini ko‘rsangiz, demak brauzeringizdan cookie-fayllar o‘chirilmoqda. Brauzer sozlamalarida cookie-fayllarni saqlashga ruxsat bering. Buni qanday amalga oshirish haqida [Cookie-fayllar](https://yandex.uz/support/common/browsers-settings/browsers-cookies.html) rukniga qarang.

Saytlar joylashuvingizni qanday aniqlashi haqida batafsil ma’lumotni [Joylashuvingiz](https://yandex.uz/support/common/yandex-settings/region-settings.html) bo‘limida bilib olish mumkin.

{% endcut %}

{% cut "Yandex Ob-havo ilovasida" %}

Yuqori o‘ng burchakdagi **![](_assets/settings-2.png)**&nbsp;→ **Joy**&nbsp;→ **Boshqasini belgilash** belgisini bosing. Qidiruv satrida aholi punktining nomini yozishni boshlang va paydo boʻlgan roʻyxatdan kerakli variantni tanlang.

{% endcut %}

## Mening shahrim uchun ob-havo ma’lumoti {#my-city}

Joylashuvingiz uchun ob-havo ma’lumotini aniqlashtirish uchun:

{% cut "Toʻliq versiyada" %}

[Xizmatning bosh sahifasida](https://yandex.uz/pogoda/) shahar nomining oʻng tomonidagi **Yaqin-atrofimda** tugmasini bosing. Xizmat sizning aniq koordinatalaringizni aniqlaydi va bu joy uchun ob-havo ma’lumotini ko‘rsatadi.

{% note alert %}

Joylashuvni aniqlash funksiyasidan ilk marta foydalanayotgan boʻlsangiz, brauzer `yandex.uz/pogoda` sayti uchun joylashuvingizni aniqlashga ruxsat soʻraydi. Joylashuvingizni aniqlashga ruxsat bering: xizmat ushbu ma’lumotlardan maksimal darajada aniq ob-havo ma’lumotini shakllantirish uchun foydalanadi.

{% endnote %}


![](_assets/location.png)


Ekranda siz yashaydigan aholi punkti uchun ob-havo maʼlumoti aks ettirilsa, joy nomining oʻng tomonida joylashuv belgisini koʻrasiz ![](_assets/geolocation.png).

{% endcut %}

{% cut "Mobil versiyada" %}

[Xizmatning bosh sahifasida](https://yandex.uz/pogoda/) shahar joylashuvingiz yonidagi ![](_assets/Magnifying-glass.svg) belgisini, soʻng **Meni top** tugmasini bosing. Xizmat sizning aniq koordinatalaringizni aniqlaydi va bu joy uchun ob-havo ma’lumotini ko‘rsatadi.

{% note alert %}

Joylashuvni aniqlash funksiyasidan ilk marta foydalanayotgan boʻlsangiz, brauzer `yandex.uz/pogoda` sayti uchun joylashuvingizni aniqlashga ruxsat soʻraydi. Joylashuvingizni aniqlashga ruxsat bering: xizmat ushbu ma’lumotlardan maksimal darajada aniq ob-havo ma’lumotini shakllantirish uchun foydalanadi.

{% endnote %}

Ekranda siz yashaydigan aholi punkti uchun ob-havo maʼlumoti aks ettirilsa, joy nomining oʻng tomonida joylashuv belgisini koʻrasiz ![](_assets/geolocation-icon.svg).

{% endcut %}

{% cut "Yandex Ob-havo ilovasida" %}

Yuqori chap burchakdagi ![](_assets/Menu.svg) belgisini bosing. **Saralanganlar** ruknida **Joylashuvni aniqlashtirish** ustiga bosing. Xizmat sizning aniq koordinatalaringizni aniqlaydi va bu joy uchun ob-havo ma’lumotini ko‘rsatadi.

{% endcut %}

## Boshqa shahar boʻyicha ob-havo ma’lumoti {#other-city}

Boshqa shahar boʻyicha ob-havo maʼlumotini bilish uchun qidirish maydoniga kerakli aholi punkti nomini kiriting.

{% cut "Toʻliq versiyada" %}

10 kunlik ob-havo maʼlumoti ostida **Boshqa shaharlardagi ob-havo** blokidan joyni tanlang va uning maʼlumotlarini koʻring. Shaharlar ro‘yxatda bo‘lmasa, **O‘zbekistondagi ob-havo**  tugmasini bosing, kerakli mintaqani, so‘ngra ro‘yxatdan shaharni tanlang.

Boshqa mamalakatdagi shaharni tanlash uchun **Boshqa shaharlardagi ob-havo** blokida **Dunyoda** tugmasini bosing, kerakli mamlakatni, soʻng roʻyxatdan shaharni tanlang.

{% endcut %}

{% cut "Mobil versiyada" %}

Joylashuvingiz yonidagi ![](_assets/Magnifying-glass.svg) belgisini bosing. Qidiruv satrida aholi punktining nomini yozishni boshlang va paydo boʻlgan roʻyxatdan kerakli variantni tanlang.

{% endcut %}

{% cut "Yandex Ob-havo ilovasida" %}

Yuqori o‘ng burchakdagi **![](_assets/settings-2.png)**&nbsp;→ **Joy**&nbsp;→ **Boshqasini belgilash** belgisini bosing. Qidiruv satrida aholi punktining nomini yozishni boshlang va paydo boʻlgan roʻyxatdan kerakli variantni tanlang.

Muayyan shahar yoki tumandagi ob-havoni tezda koʻrish uchun uni **Saralanganlarga** kitiring:

1. Yuqori chap burchakdagi **![](_assets/Menu.svg)**&nbsp;→ **![](_assets/Magnifying-glass.svg)** belgisini bosing.
1. Qidiruv orqali aholi punktini toping va uni tanlang. Ob-havo maʼlumoti kartochkasi ochiladi.
1. Yuqori oʻng burchakdagi ![](_assets/favourites-icon.svg) belgisini bosing. Aholi punkti **Saralanganlar** ichida paydo boʻladi.

{% endcut %}

[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/weather/uz/troubleshooting.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/style-yellow-button.md -->
 
<!-- endsource: uz/_includes/style-yellow-button.md -->

