Yandex Ob-havo siz joylashgan hududni GPS maʼlumotlari asosida avtomatik tarzda aniqlaydi. Qurilma sozlamalarida joylashuv maʼlumotlaridan foydalanish ruxsati boʻlishi lozim.
GPS priyomnigi bilan jihozlanmagan qurilmalarda hudud IP-manzil boʻyicha aniqlanadi. Ba’zan bunday usul katta xatolikni oʻz ichiga oladi. IP-manzilni hududiy biriktirish masalalari boʻyicha oʻz internet-provayderingizga murojaat qilishingiz mumkin.
Yandex Ob-havo ilovasida joylashuv GPS ma’lumotlari va geolokatsiya xizmatidan keladigan aniq koordinatalar orqali aniqlanadi. Ma’lumotlarni fonda yangilash uchun qurilma sozlamalarida ilovaga joylashuv axborotiga doimiy kirish ruxsatini bering. Qurilmangizda geolokatsiya xizmati yoqilgan va “Barcha manbalar boʻyicha” rejimi tanlangan boʻlsagina, ilova joylashuvni mikrorayongacha aniqlik bilan aniqlaydi.
Qo‘lda tanlangan shahar cookie-fayllarda saqlanadi. Agar siz doimiy ravishda qo‘lda tanlangan shahar o‘rniga boshqasini ko‘rsangiz, demak brauzeringizdan cookie-fayllar o‘chirilmoqda. Brauzer sozlamalarida cookie-fayllarni saqlashga ruxsat bering. Buni qanday amalga oshirish haqida Cookie-fayllar rukniga qarang.
Saytlar joylashuvingizni qanday aniqlashi haqida batafsil ma’lumotni Joylashuvingiz bo‘limida bilib olish mumkin.
Yandex Ob-havo ilovasida
Yuqori o‘ng burchakdagi → Joy → Boshqasini belgilash belgisini bosing. Qidiruv satrida aholi punktining nomini yozishni boshlang va paydo boʻlgan roʻyxatdan kerakli variantni tanlang.
Mening shahrim uchun ob-havo ma’lumoti
Joylashuvingiz uchun ob-havo ma’lumotini aniqlashtirish uchun:
Toʻliq versiyada
Xizmatning bosh sahifasida shahar nomining oʻng tomonidagi Yaqin-atrofimda tugmasini bosing. Xizmat sizning aniq koordinatalaringizni aniqlaydi va bu joy uchun ob-havo ma’lumotini ko‘rsatadi.
Diqqat
Joylashuvni aniqlash funksiyasidan ilk marta foydalanayotgan boʻlsangiz, brauzer yandex.uz/pogoda sayti uchun joylashuvingizni aniqlashga ruxsat soʻraydi. Joylashuvingizni aniqlashga ruxsat bering: xizmat ushbu ma’lumotlardan maksimal darajada aniq ob-havo ma’lumotini shakllantirish uchun foydalanadi.
Ekranda siz yashaydigan aholi punkti uchun ob-havo maʼlumoti aks ettirilsa, joy nomining oʻng tomonida joylashuv belgisini koʻrasiz .
Mobil versiyada
Xizmatning bosh sahifasida shahar joylashuvingiz yonidagi belgisini, soʻng Meni top tugmasini bosing. Xizmat sizning aniq koordinatalaringizni aniqlaydi va bu joy uchun ob-havo ma’lumotini ko‘rsatadi.
Diqqat
Joylashuvni aniqlash funksiyasidan ilk marta foydalanayotgan boʻlsangiz, brauzer yandex.uz/pogoda sayti uchun joylashuvingizni aniqlashga ruxsat soʻraydi. Joylashuvingizni aniqlashga ruxsat bering: xizmat ushbu ma’lumotlardan maksimal darajada aniq ob-havo ma’lumotini shakllantirish uchun foydalanadi.
Ekranda siz yashaydigan aholi punkti uchun ob-havo maʼlumoti aks ettirilsa, joy nomining oʻng tomonida joylashuv belgisini koʻrasiz .
Yandex Ob-havo ilovasida
Yuqori chap burchakdagi belgisini bosing. Saralanganlar ruknida Joylashuvni aniqlashtirish ustiga bosing. Xizmat sizning aniq koordinatalaringizni aniqlaydi va bu joy uchun ob-havo ma’lumotini ko‘rsatadi.
Boshqa shahar boʻyicha ob-havo ma’lumoti
Boshqa shahar boʻyicha ob-havo maʼlumotini bilish uchun qidirish maydoniga kerakli aholi punkti nomini kiriting.
Toʻliq versiyada
10 kunlik ob-havo maʼlumoti ostida Boshqa shaharlardagi ob-havo blokidan joyni tanlang va uning maʼlumotlarini koʻring. Shaharlar ro‘yxatda bo‘lmasa, O‘zbekistondagi ob-havo tugmasini bosing, kerakli mintaqani, so‘ngra ro‘yxatdan shaharni tanlang.
Boshqa mamalakatdagi shaharni tanlash uchun Boshqa shaharlardagi ob-havo blokida Dunyoda tugmasini bosing, kerakli mamlakatni, soʻng roʻyxatdan shaharni tanlang.
Mobil versiyada
Joylashuvingiz yonidagi belgisini bosing. Qidiruv satrida aholi punktining nomini yozishni boshlang va paydo boʻlgan roʻyxatdan kerakli variantni tanlang.
Yandex Ob-havo ilovasida
Yuqori o‘ng burchakdagi → Joy → Boshqasini belgilash belgisini bosing. Qidiruv satrida aholi punktining nomini yozishni boshlang va paydo boʻlgan roʻyxatdan kerakli variantni tanlang.
Muayyan shahar yoki tumandagi ob-havoni tezda koʻrish uchun uni Saralanganlarga kitiring:
Yuqori chap burchakdagi → belgisini bosing.
Qidiruv orqali aholi punktini toping va uni tanlang. Ob-havo maʼlumoti kartochkasi ochiladi.
Yuqori oʻng burchakdagi belgisini bosing. Aholi punkti Saralanganlar ichida paydo boʻladi.