Batafsil ob-havo ma’lumoti

Xizmat bosh sahifasida 10 kunlik ob-havo ma’lumoti ruknida 10 kunlik batafsil ob-havo ma’lumoti tugmasini yoki kerakli kun uchun ob-havo ma’lumoti kartochkasini bosing.

Nimani ko‘rasiz:

Nima uchun batafsil ob-havo ma’lumoti faqat 10 kun uchun hisoblanadi

Yandex Ob-havo 10 kun uchun batafsil ob-havo ma’lumotini shakllantiradi, chunki undan keyingi davr uchun ma’lumot ishonchli bo‘lmaydi. Meteorologlarning kuzatishlariga ko‘ra, ob-havo taxmin qilingan muddat qanchalik katta bo‘lsa, uning aniqlik darajasi shuncha kamroq bo‘ladi:

  • Keyingi ikki kunlik ob-havo ma’lumoti eng aniq hisoblanadi.
  • Ikki kundan besh kungacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotining aniqligi pastroq.
  • Besh kundan o‘n kungacha bo‘lgan ob-havo ma’lumoti amaldagi ob-havodan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
  • 10 kundan ortiq muddatga berilgan ob-havo ma‘lumoti mintaqa uchun shakllangan oxirgi 10 yillik iqlim meʼyorini aks ettiradi. Bu aniq hisoblanmagan, balki o‘rtacha olingan ma’lumotlardir.

Yordam xizmatiga yozish