Shahar iqlimi

Iqlim nima

Iqlim — bu ma’lum bir joyga xos bo‘lgan, ko‘p yillik ob-havo rejimi. Iqlim ma’lumotlari o‘tgan yillardagi statistika asosida hisoblab chiqilgan. Yandex Ob-havo oxirgi 10 yil davomidagi haqiqiy ma’lumotlarni inobatga oladi.

Xizmat har bir shahar uchun quyoshli va yomg‘irli kunlar, harorat jadvallari va diagrammalari, yog‘ingarchilik va havo namligi haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi.

Keyingi o‘n kunlik ob-havo ma’lumoti Meteum texnologiyasi yordamida hisoblanadi. Uzoqroq muddatli ob-havo ma’lumotlari mintaqa boʻyicha oxirgi 10 yildagi oʻrtacha statistik iqlim me’yorini aks ettiradi.

Iqlim ma’lumotlari bilan qanday ishlanadi

Oʻz shahringiz iqlimini bilish uchun sahifaning yuqori qismidagi Bir oylik ob-havo ma’lumoti sahifasini oching.

Shahar sizning joylashuvingiz asosida avtomatik tarzda aniqlanadi. Joylashuvni aniqlashtirish va boshqa shahar iqlimini bilish uchun qidirish satriga uning nomini kiriting.

Har bir kun uchun o‘rtacha iqlim ko‘rsatkichlarini ko‘rishingiz mumkin:

— bulut turi;
– kunduzgi va tungi havo harorati;
— his qilinayotgan harorat;
 – bosim;
 – namlik;
— shamol tezligi va yo‘nalishi;
— suv harorati (yirik suv havzalari yaqinida joylashgan shaharlar uchun).

Yordam xizmatiga yozish