---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://yandex.uz/support/weather/ru/another-weather.md
  - https://yandex.uz/support/weather/uz/another-weather.md
  - href: https://yandex.uz/support/weather/uz/another-weather.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.uz/support/weather/uz/llms.txt?revision=r21870761
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/weather/uz/llms.txt?revision=r21870761

# Nima uchun ob-havo ma’lumoti ba’zan haqiqiy ob-havodan farq qiladi

Tafovutlarning mumkin bo‘lgan sabablari:

**Tugallanmagan ma’lumotlar**

 
:   Meteorologik stansiyalar va sun’iy yo‘ldoshlar atmosfera ko‘rsatkichlarining faqat bir qismini qayd etadi va bu atmosferaning hozirgi holatini to‘liq modellashtirish uchun yetarli emas. Bundan tashqari, meteostansiyalar va sun’iy yo‘ldoshlar ma’lumotlarni sayyoramizning barcha nuqtalarida to‘plamaydi. Masalan, meteostansiyalar tog‘larning tepasida emas, balki ularning tagida joylashgan — shuning uchun ular ma’lumotlarni joy balandligini hisobga olmagan holda uzatadi.

**Bashoratlash modellarini soddalashtirish**

 
:   Ob-havo ma’lumotini hisoblash uchun olimlar doim o‘zgarib turadigan atmosfera holatini modellashtiradilar. Har bir o‘zgarishni hisobga olishning iloji bo‘lmagani uchun meteorologlar bashoratlash modellarini soddalashtiradi.

**O‘lchovlardagi mumkin bo‘lgan xatolar**

 
:   Meteorologik hodisalar juda beqaror, shuning uchun o‘lchovlardagi kichik xatoliklar ham noaniq ma’lumotga olib kelishi mumkin.
    
    
    
    Ob-havo kompaniyalari bugungi va ertangi kun uchun eng to‘g‘ri ob-havo ma’lumotlarini tayyorlashadi. Har bir keyingi kun uchun ob-havo ma’lumotining aniqligi pasayadi.

Ob-havo ma’lumotlarini tayyorlash uchun Yandex Ob-havo mashinaviy oʻrganish algoritmlarini qoʻllaydi. Ularning yordami bilan xizmat avvalgi ob-havo ma’lumotlarini tahlil qilib, hisoblash formulalarini tuzatadi. Natijada, yangi ob-havo ma’lumotlari yanada ishonchli bo‘ladi. Sizning shahringiz uchun ob-havo ma’lumoti haqiqiy ob-havoga mos boʻlmasa, [Meteum](https://yandex.uz/support/weather/uz/faq.md#meteum-nima-meteum) avtomatik ravishda nomuvofiqlikni aniqlab, kelajakdagi ob-havo ma’lumotlari uchun yangi formulani hisoblab chiqadi.

[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/weather/uz/troubleshooting.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/style-yellow-button.md -->
 
<!-- endsource: uz/_includes/style-yellow-button.md -->

