---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.42.1
alternate:
  - https://yandex.uz/support/video/ru/troubleshooting/complaint.md
  - https://yandex.uz/support/video/uz/troubleshooting/complaint.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/video/uz/llms.txt

# Video qidiruv natijalari ustidan shikoyat qilish 

## Qidiruv natijalari sizning so‘rovingizga mos kelmaydi yoki mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan

Bu haqida bizga quyidagi yo‘llar bilan xabar berishingiz mumkin:

**Qidiruv natijalarida**

 
1. Videorolik snippeti ustiga sichqoncha kursorini olib keling va ![](../_assets/but-report.png) belgisini bosing.
1. Shikoyat obyektini (video yoki butun sahifa) va sababini ko‘rsating.
1. **Shikoyat qilish** tugmasini bosing.

**Tavsiya etilgan videolar jamlanmasida**

 
1. Pleyer ostida sichqoncha kursorini video prevyusiga olib keling va ![](../_assets/but-report.png) belgisini bosing.
1. Shikoyat obyektini (video yoki butun sahifa) va sababini ko‘rsating.
1. **Shikoyat qilish** tugmasini bosing.

Fikr-mulohaza tekshiruvdan o‘tgandan keyin video qidiruv natijalarini chiqarish sifatini yashilash maqsadida Qidirishning avtomatik algoritmlari tomonidan hisobga olinadi.


{% note alert %}

Qidiruv natijalaridan 18+ videolarni chiqarib tashlash uchun qidiruv rejimini [Oilaviy](https://yandex.uz/support/video/uz/search-video.md#family) qilib sozlang.

{% endnote %}


## Qidiruv natijalari sizning huquqlaringizni yoki qonunni buzadi

Agar siz huquqlaringizni buzilgani haqida xabar bermoqchi bo‘lsangiz, [Video qidiruv natijalari haqida shikoyat qiling](https://yandex.uz/support/abuse/troubleshooting/video/list.html) sahifasiga kiring va mos murojaatlar toifasini tanlang.
