Yordam xizmati

Yordam xizmati chatiga yozish

Moskva vaqti bilan 09:00 dan 21:00 gacha javob beramiz.

Chatni ochish

Xat yozish

Sababini aniqlashtiring:

Videoda 18+ kontent mavjud

Pornografik qiziqish aniq ko‘rsatilmagan so‘rovlarda biz qidiruv natijalaridagi erotik kontentni filtrlashga harakat qilamiz. Bu haqda batafsil ma’lumot bizning Qoidalarda keltirilgan.

Bu kabi videolarning qidiruv natijalarida chiqib kelishidan maksimal himoyalanish uchun sozlamalarda Oilaviy rejimini yoqing.

Agar 18+ kontentga ega videoni topgan bo‘lsangiz, bu haqida bizga xabar bering.

Videoda shaxsiy ma’lumotlar bor

Yandexning video qidiruv natijalarida internetdagi umumiy taqdim etiladigan videolar keltirilgan. Yandex avtomatik rejimda foydalanuvchilarning so‘rovlari asosida qidiruv natijalarini chiqarib beradi, kontentni nazorat qilmaydi va ular uchun javob bermaydi.

Yandex qidiruv natijalarida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz bor video aniqlansa, uni o‘chirtirishni so‘rab o‘sha ma’lumot joylashgan sayt yordam xizmatiga yoki shu kabi sayt xosting provayderiga murojaat qiling. Video manba saytdan o‘chirib tashlangandan biroz vaqt o‘tib u Yandex qidiruv natijalarida chiqib kelmaydi.

Agar video manba saytdan o‘chirib tashlangandan keyin ham Yandex qidiruv natijalarida chiqib kelsa, bizga yozing.

Video mualliflik huquqlarini buzadi

Yandexning video qidiruv natijalarida internetdagi umumiy taqdim etiladigan materiallar keltirilgan. Qidiruv tizimlari kontentni boshqa shaxslarning saytlaridan o‘chira olmaydi va hatto Yandex qidiruv natijalarida bunday sahifalarga havolalar bo‘lmasa-da, kontent hamon internetda mavjud bo‘ladi, huquqlaringizning buzilishi ham davom etadi.

Yandex avtomatik rejimda foydalanuvchilarning so‘rovlari asosida qidiruv natijalarini chiqarib beradi, topilgan sahifalarni nazorat qilmaydi va ular uchun javob bermaydi. Yandex qidiruv natijalarida biror sahifada sizning eksklyuziv huquqlaringiz buzilganini aniqlasangiz, ular joylashgan saytlar administratorlari yoki xosting provayderlariga murojaat qiling. Agar muammoli kontent bu kabi sahifalarda bloklansa yoki o‘chirilsa, yoki boshqa shaklda ularga kirish cheklansa, biroz vaqt o‘tib ularga havolalar avtomatik ravishda qidiruv natijalaridan olib tashlanadi.

Agar siz sizning eksklyuziv huquqlar yoki eksklyuziv litsenziyangiz bo‘lgan audiovizual asarlarning internetda noqonuniy joylanishi va noqonuniy foydalanilishi haqida xabar bermoqchi bo‘lsangiz, quyidagi shakldan foydalaning.

O‘chirigan video hali ham qidiruvda mavjud

Saytlarda videolarni qidirish avtomatik ravishda va belgilangan oraliqda robot tomonidan amalga oshiriladi. Agar biror video manba saytdan olib tashlangan bo‘lsa, u, biroz vaqt o‘tib avtomatik ravishda qidiruv natijalaridan olib tashlanadi.

Qidiruv tizimida indekslash kechikib amalga oshirilishi mumkin, shuning uchun o‘chirilgan video ma’lum muddat Yandex qidiruv natijalarida chiqishda davom etishi mumkin. Agar qidiruv natijalarida siz manba saytdan olib tashlangan videolarni aniqlasangiz, bu haqda bizga xabar bering.

Videoda “Unutilish huquqi” sababli o‘chirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot mavjud

Qidiruv natijalaridan Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini buzgan holda tarqatilgan, haqiqatdan yiroq, ahamiyatsiz yoki arizachi uchun ahamiyati yo‘qolgan ma’lumotlarga havolalar, jinoiy jazoga loyiq hodisalar haqida ma’lumotlar, muddati o‘tib ketgan jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari, arizachi tomonidan sudlanganligi olib tashlangan yoki tugallangan jinoyatning sodir etilgani haqidagi ma’lumotlarni qidiruv natijalaridan olib tashlash uchun ariza.

Bunday arizaning yuborilishi Yandex qidiruv natijalaridan fuqaroning ismi yoki familiyasi mavjud so‘rovlarga oid ma’lumotlarga havolalarni Yandex qidiruv natijalaridan olib tashlash imkonini beradi (“Unutilish huquqi”).

Videoda mening roziligimsiz joylangan oshkora kontent mavjud

Internetda jinsiy aloqaga oid, erotik va pornografik surat yoki videolar (yalang‘och tana, jinsiy aloqa va hokazoni namoyish etadigan), jumladan, texnologiyalardan (deepfake) foydalanib yaratilgan soxta materiallar mavjud. Namoyish etilgan insonlarning xabarisiz va ruxsatisiz chop etilgan oshkora surat va videolar ulardagi shaxslarga zarar yetkazishi yoki ularning shaxsiy hayoti daxlsizligini buzishi mumkin.

Agar surat yoki videoning sizga aloqasi bo‘sa, Yandex qidiruv natijalaridan oshkora materiallarga havolalarni o‘chirib tashlashi mumkin. Buning uchun biz quyidagilarga amin bo‘lishimiz lozim:

  • surat yoki videoda siz tasvirlangansiz;
  • oshkora surat yoki videoning internetda erkin joylanishi sizning huquq va manfaatlaringiz buzilishiga olib kelishi mumkin;
  • materiallar sizning ruxsatingizsiz chop etilgan.

Bu kabi kontent haqida bizga xabar berish uchun quyidagi shaklni to‘ldiring:

Meni video qidiruv natijalarining sifati qoniqtirmaydi

Bu haqida bizga quyidagi yo‘llar bilan xabar berishingiz mumkin:

Qidiruv natijalarida

  1. Videorolik snippeti ustiga sichqoncha kursorini olib keling va belgisini bosing.
  2. Shikoyat obyektini (video yoki butun sahifa) va sababini ko‘rsating.
  3. Shikoyat qilish tugmasini bosing.

Tavsiya etilgan videolar jamlanmasida

  1. Pleyer ostida sichqoncha kursorini video prevyusiga olib keling va belgisini bosing.
  2. Shikoyat obyektini (video yoki butun sahifa) va sababini ko‘rsating.
  3. Shikoyat qilish tugmasini bosing.

Fikr-mulohaza tekshiruvdan o‘tgandan keyin qidiruv natijalarini chiqarish sifatini yaxshilash maqsadida Qidirishning avtomatik algoritmlari tomonidan hisobga olinadi.

Iltimos, nima bo‘layotganini batafsil ta’riflab bering. Agar siz sahifa elementlarining noto‘g‘ri namoyishiga duch kelsangiz yoki sahifani yuklashda xato xabari berilsa, iltimos, xabaringizga ekran tasviri biriktiring. Xatoni tuzatish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Yandex Video xizmatida nimani yaxshilashni xohlashingiz haqida batafsil axborot bering. Xizmatni kelgusida rivojlantirish jarayonida fikringizni inobatga olishga harakat qilamiz.