Pleyerga talablar
Quyida sanab o‘tilgan talablarga rioya qilish pleyerning video qidiruv natijalarini chiqarishda to‘g‘ri ko‘rsatilishini sozlashga yordam beradi.
Qidiruvda pleyerning mavjudligi, shuningdek, foydalanuvchilarning pleyer bilan ishlash tajribasi sayt videolari asosida qidiruv natijalarini shakllantirishda hisobga olinadi. Shu sababli videoingizni qidiruvda ko‘rsatish qanchalik qulay bo‘lsa, ularning tegishli so‘rov asosida ko‘rsatilish ehtimoli ham shuncha yuqori bo‘ladi. Pleyersiz videolar qidiruv natijalarida chiqarilmaydi.
Pleyerning qidiruvda chiqishi uchun majburiy talablar
-
Video-pleyerni belgiga qo‘shing
Pleyer video qidiruvda chiqishi uchun Yandex roboti uni indekslashi zarur. Buni amalga oshirish uchun foydalanadigan yoʻlagingizda pleyerga havolani ko‘rsating va bu haqida bizga xabar bering.
Batafsil ko‘rsatmalarni Schema.org yoʻlagi va Open Graph yoʻlagi sahifalaridan olishingiz mumkin.
-
Pleyer uchun HTTPS’ni qo‘llab-quvvatlang
Pleyerni qo‘shishda asosan ma’lumot almashish xavfsizligiga e’tibor qaratiladi. Video qidiruv himoyalangan HTTPS protokolidan foydalanadi va uni qidiruv natijalari chiqarilishida ko‘rsatish uchun pleyer video qidirish HTTPS-sahifasiga sozlanadi. Shuning uchun pleyer va barcha tashqi ssenariylar va tasvirlar (masalan, reklama modullari, veb-tahlil hisoblagichlari) HTTPS orqali mavjud bo‘lishi kerak. Aks holda, video qidiruv shifrlangan sahifalarida brauzerlar pleyer yuklanishi va ijrosini, shuningdek, boshqa yuklangan ssenariylar bajarilishini avtomatik tarzda bloklaydi (masalan, reklama ijro etilishi).
Batafsil axborot uchun HTTPS dastaklash bo‘limiga qarang.
-
Majburiy reklamani rad eting
Saytlarni tartiblashda mahburiy reklama ishlatmaydigan resurslarga ustunlik beriladi.
Reklamaga talablar haqida batafsil axborot uchun Videolarda reklama bo‘limiga qarang.
-
Video qidiruv uchun kontentni ijro etish taqiqini olib tashlang
Pleyer kiritilganda kontentni ijro etishga ruxsat berilishi kerak. Pleyeringiz qaysi saytga kiritilganini brauzerdan Referer sarlavhasi orqali tekshirish mumkin. Agar siz kontentni begona saytlarga kiritishni taqiqlasangiz, ammo shu bilan birga uni video qidiruv sahifasida aks ettirilishini istasangiz, yandex.uz va yastatic.net uchun kiritishga ruxsat berish lozim:
Referer: https://yastatic.net/
Mobil qidiruvda ishtirok etish uchun majburiy talab
-
HTML5-pleyer ishlating
Bu mobil video qidiruv natijalarini chiqarishga imkon beradi. Siz mobil qurilmalarda foydalanuvchilar auditoriyasini qamrab olishingiz, shuningdek, videolaringiz asosida mobil qidiruv sifatini oshirishingiz mumkin.
Batafsil axborotni Mobil pleyer bo‘limida o‘qing.
Pleyerning TV ilovasida chiqishi uchun majburiy talablar
-
HTML5-pleyer ishlating
Pleyer Smart TV qurilmalari uchun mo‘ljallangan qidiruv ilovasida chiqishi uchun HTML5ni dastaklang. Ilovaning moslashtirilgan verstkasi va pleyerning qulay boshqaruvi sababli materiallaringizni televizorlarda sifatliroq taqdim etishingiz mumkin.
-
Video holati haqidagi hodisalarni taqdim eting
Pleyer TV uchun mo‘ljallangan video qidiruvda ko‘rsatilishi va Smart TV dastaklanadigan qurilmalarda video to‘g‘ri ijro etilishi uchun video holati haqidagi ma’lumotlar va pleyer ishidagi xatoliklar taqdim etilishi zarur.
Batafsil axborotni Video holati haqida ma’lumot uzatish bo‘limida o‘qing.
-
Pleyerni qo‘shish uchun so‘rov qoldiring
Arizani to‘ldiring. Biz pleyeringizni qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz va natijalari haqida xabar beramiz.
Qo‘shimcha talablar
Qo‘shimcha talablar video qidiruv algoritmlari tomonidan hisobga olinadi va sayt videolari asosida qidiruv sifatiga ta’sir qiladi. Talablarga rioya qilish foydalanuvchilarning sayt pleyeriga ishonchini oshiradi va videolaringizni ko‘rish tajribasini yaxshilaydi.
-
Pleyernig dinamik sahifalarda to‘g‘ri ishlashini ta‘minlang
Pleyerning barcha elementlari (boshqaruv panelidagi elementlar, reklama bloklari va boshqalar) to‘g‘ri ishlashi va qidiruv sahifasining o‘zgaruvchan o‘lchamlari va hajmiga moslashishi kerak.
-
Video holati haqidagi ma’lumotlarni uzatishni sozlang
Video holati haqida axborot, shuningdek, pleyer xatolari haqidagi tafsilot video qidiruvda videolaringizning sifatini yaxshilashga yordam beradi.