Yandex Qidiruvda filmlar va seriallar boʻyicha javoblar

Tashrif buyuruvchilar sonini orttirish maqsadida, onlayn kinoteatringiz uchun Yandex Qidiruvida filmlar va seriallar boʻyicha javoblarni sozlashingiz mumkin. Bu foydalanuvchilarga obuna orqali mavjud boʻlgan kontentni bevosita Yandex qidiruv natijalaridan ishga tushirish imkonini beradi.

Bunday javobni bir nechta usulda sozlash mumkin. Eng osoni — Yandexga kontent va obunachilar haqidagi maʼlumotlar bor JSON-faylni yuborish. Video Yandex pleyerida koʻrsatiladi. Maʼlumotlarni uzatish, fayl tuzilmasiga talablar va misollar haqidagi batafsil maʼlumot Yordam boʻlimida keltirilgan.

Kinoteatr javobda oʻz pleyeridan foydalanishi mumkin va pleyer «joyida» obunachilar haqida maʼlumot berishi mumkin, ammo bu usul texnik va huquqiy tafsilotlarni muhokama etishni talab etadi.

Agar sizda javobni ulash boʻyicha savollar tugʻilsa, bizning e-pochtamizga yozing — movie_search@yandex-team.ru.

Yordam xizmatiga yozish