Mobil pleyer
Mobil video qidiruv foydalanuvchilari soni kundan-kunga ortib bormoqda, ularning faolligi oshmoqda. Shuning uchun biz mobil qurilmalarda video tomosha qilishni yanada qulayroq qilish uchun xizmatni rivojlantirishga intilmoqdamiz. Mobil video qidiruvda faqat mobil qurilmalarda ijro etilishi mumkin bo‘lgan videolar ko‘rsatiladi.
Mobil brauzerlarning hech biri Flash Player’ni qo‘llab-quvvatlamaydi, videolari ijro etilishi uchun HTML5 ishlatiladi. Shuning uchun, agar sayt sahifasiga HTML5 ni dastaklamaydigan, lekin Flash ishlaydigan pleyer joylashtirilgan bo‘lsa, u mobil video qidiruvida ko‘rsatilmaydi. Foydalanuvchilar bu pleyerda mobil qurilmadan videoni baribir ko‘ra olmaydilar.
O‘z navbatida, HTML5 pleyerga ega saytlar mobil video qidiruv tizimiga qo‘shiladi, shuningdek, o‘z videolari bo‘ylab qidirish sifatini oshirishi mumkin (mobil qidiruvda pleyerga ega bo‘lmagan resurslardan farqli o‘laroq).
Mobil pleyerga qo‘yilgan talablar
Roliklar mobil video qidiruv natijalarida chiqarilishiga tushishi uchun pleyer quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-
Xatosiz namoyish etilishi:
-
Asosiy mobil operatsion tizimlarda: Android, iOS, Windows Phone.
-
Mobil operatsion tizimlarga birlamchi ravishda o‘rnatilgan brauzerlarda, shuningdek, ommalashgan mobil brauzerlarda, jumladan, Yandex Brauzerda.
-
-
Videoni HTML5 vositalari yordamida ijro ettirish.
-
HTTPS protokolni dastaklash.
-
Pleyerning barcha boshqaruv elementlari (tugmalar, ovoz balandligi sozlovchisi va boshq.) to‘g‘ri ishlashi kerak.
-
Pleyer va uning barcha elementlari dinamik o‘lchamlarga ega bo‘lishi va o‘lcham va sahifa masshtabi o‘zgarishlariga moslashishi zarur, jumladan, qurilma oriyentatsiya o‘zgarayotganda (masalan, mobil qurilma ekranini aylantirganda).
-
Pleyer Open Graph yoki Schema.org yordamida video qidirish natijalariga qo‘shilishi zarur.
Diqqat
Qidiruvda sayt ko‘rinishi avtomatik shakllantiriladi. Belgi qo‘yish videorolikning qidiruv natijalarida chiqishini shakllantiradi, ammo buni kafolatlamaydi.
HTML5-pleyer belgisi
Video qidiruv saytlar sahifalarida HTML5 standartining video elementlari yordamida joylashtirilgan video-kontentni tushunadi.
Yandex video elementining quyidagi xususiyatlaridan ma’lumotlarni chiqarib olish imkoniga ega:
|
Nomi |
Tavsif |
|
|
Video fayl manzili (URL). Sharh Bir nechta video-kontent manbalarini ko‘rsatish uchun |
|
|
Videoni yuklash vaqtida ko‘rsatiladigan tasvirning URL-manzili. |
video elementining biriktirilgan teglari:
|
Nomi |
Tavsif |
|
|
Video-kontent manbasi. Videoning bir nechta manbasi ko‘rsatilishi zarur bo‘lsa, Mos xususiyatlar:
|
|
|
Video ijro etish vaqtida ko‘rsatiladigan har qanday matnga ega qo‘shimcha resurslarni ko‘rsatish imkonini beradi. Matn subtitrlar, imzolar, tavsiflar, boblar yoki metama’lumotlardan tashkil topishi mumkin. Sharh Agar Mos xususiyatlar:
|
Ishoralar misollari:
<video src='movie.mp4' poster='movie.jpg' controls>
<source src="video.webm" type="video/webm" />
<track src="subtitles.vtt" kind="subtitles" srclang="en" label="English" />
<!-- Bu matn faqat brauzer video tegini dastaklamaganda aks etadi.-->
</video>
<video src="movie.mp4" controls>
<source src="movie1.mp4" type="video/mp4">
<source src="movie1.ogg" type="video/ogg">
<track kind="captions" src="video_captions.srt" srclang="en">
<track kind="descriptions" src="video_desciptions.srt" srclang="en">
<track kind="chapters" src="video_chapters.srt" srclang="en">
<track kind="subtitles" src="video_subtitles_en.srt" srclang="en" default>
<track kind="subtitles" src="video_subtitles_ru.srt" srclang="ru">
<track kind="metadata" src="video_metadata.srt" srclang="en" label="Metadata">
</video>