Yordam xizmati
Agar sizda savol paydo bo'lsa, ekranning pastki o'ng burchagida tugmasiga bosib, bizga chat orqali yozing.
Chat operatorlari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Qolgan vaqtlarda bizning botimiz eng ommabop savollarga javob beradi.
Elektron pochta orqali biz bilan bog'lanish uchun taklif etilgan mavzulardan birini tanlang.
Yaxshilashni taklif qilish
Yandex Tarjimon takliflaringiz tufayli yaxshiroq bo’lishi mumkin. Agar tarjimondan qulay foydalanishingiz uchun optsiyalar yetmasa, yaxshilashni chat orqali yoki quyidagi shakl yordamida taklif qiling.
Tarjimada xato
Agar tarjimada yoki lug'atda birorta xatoni ko’rgan bo’lsangiz, bu haqda saytda xabar berishingiz mumkin.
Buning uchun xato haqida xabar berish yozuviga bosing. Kerak bo’lgan elementni tanlab, Xabar berish-ga bosing. U yerda sharh ham qoldirishingiz mumkin.
Ko’rinishi

Agar tarjima bo’yicha xatolar haqida savollaringiz qolgan bo'lsa, bizga chat orqali yoki quyidagi shakl yordamida yozing.
Hujjat tarjima qilinmayapti
Hujjatlarni tarjima qilish uchun hajmi 5 MB-gacha quyidagi formatdagi fayllar qo'llab-quvvatlanadi .doc, .docx, .pdf, .xls, .xlsx, .ppt, .pptx.
Skanerlangan hujjatlarni tarjima qilib bo’lmaydi, ularni boshqa qo'llab-quvvatlanadigan formatga o'tkazib: .jpg, .png yoki .gif, — Rasmlar bo’limi yordamida tarjima qilish mumkin.
Agar hujjatni tarjima qilishda qiyinchiliklar paydo bo’lsa, bizga chat orqali yoki quyidagi shakl yordamida yozing.
Ovoz berish ishlamayapti
Aksariyat tillar uchun sayt brauzeringizdagi yoki qurilmangizdagi ovozlardan foydalanadi.
Agar ovoz berish yo’q bo’lsa, saytni qayta ishga tushiring. Agar bu yordam bermasa, qurilmangizni qayta yoqing. Shuningdek, boshqa brauzerda ovoz berishni yoqib ko’ring.
Agar muammo davom etsa yoki ovoz berish bo’yicha boshqa savollar paydo bo'lsa, bizga chat orqali yoki quyidagi shakl yordamida yozing.
Sayt tarjima qilinmayapti
Roskomnadzor (Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarni nazorat qilish federal xizmati) tomonidan bloklangan bo'lsa, sayt tarjima qilinmasligi mumkin.
Agar saytni tarjima qilishda qiyinchiliklar paydo bo’lsa, bizga chat orqali yoki quyidagi shakl yordamida yozing.
Agar savolingiz siz tarjima qilgan saytga qaratilgan bo'lsa, ushbu sayt egasiga murojaat qiling.
Kerakli til yo'q
Biz doimiy ravishda yangi tillarni qo'shish ustida ish olib boramiz. Bizga chat orqali yoki quyidagi shakl yordamida yozib sizga qaysi til kerakligini aytib bering. Biz taklifingizni albatta ko'rib chiqamiz.
Telegram bot bilan bog'liq muammo
Agar savolingizga javobni Telegram-ning bot bo'limida topmagan bo'lsangiz, bizga chat orqali yoki quyidagi shakl yordamida yozing.
Boshqa savol berish
Agar savolingizga javob topa olmagan bo'lsangiz, bizga chat orqali yoki quyidagi shakl yordamida yozing.
Agar savolingiz boshqa Yandex servisiga tegishli bo'lsa, uni Yandex Yordam-ning asosiy sahifasida toping.
Agar savolingiz siz tarjima qilgan saytga qaratilgan bo'lsa, ushbu sayt egasiga murojaat qiling.
Moskva vaqti