Yandex Tarjimon ilovasi matnni internetsiz tarjima qila oladi.
Ingliz va rus tillarining oflayn lug‘atlari birlamchi holatda mavjud. Boshqa tillarga tarjima qilish uchun qoʻshimcha ravishda tegishli oflayn lugʻatni yuklab olish zarur.
Masalan, ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish uchun oʻzbekcha oflayn lugʻatni yuklab olish kerak boʻladi.
Agar ilovaga zarur lugʻatlar yuklangan boʻlsa, u holda internetga ulanmagan paytda oflayn-tarjima avtomatik ishga tushadi.
Signal boʻlsa-yu, juda kuchsiz boʻlsa, oflayn rejimni mustaqil yoqing.
Oflayn rejim ishlamayapti
Sizda har ikkala oflayn lugʻat oʻrnatilganini tekshiring Masalan, rus tilidan fransuz tiliga tarjima qilmoqchi boʻlsangiz, ham rus tili, ham fransuz tili uchun lugʻatlarni yuklab olish kerak.