Oflayn rejim

Yandex Tarjimon ilovasi matnni internetsiz tarjima qila oladi.

Sharh

Oflayn rejimda faqat qo‘lda kiritilgan matn tarjimasi mavjud. Ovozli kiritish va dialog rejimini internetsiz ishga tushirib boʻlmaydi.

Ingliz va rus tillarining oflayn lug‘atlari birlamchi holatda mavjud. Boshqa tillarga tarjima qilish uchun qoʻshimcha ravishda tegishli oflayn lugʻatni yuklab olish zarur.

Masalan, ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish uchun oʻzbekcha oflayn lugʻatni yuklab olish kerak boʻladi.

Oflayn tarjimani yuklab olish uchun:

  1. Ilova sozlamalarini oching.

  2. Oflayn tarjimani yuklab olish menyusida kerakli paketni tanlang va tugmasini bosing. Paketning yuklanishini kuting.

  3. Oflayn rejimni yoqing.

Muammolarni hal qilish

Ilova Internet aloqasisiz ishlashi mumkinmi

Agar ilovaga zarur lugʻatlar yuklangan boʻlsa, u holda internetga ulanmagan paytda oflayn-tarjima avtomatik ishga tushadi.

Signal boʻlsa-yu, juda kuchsiz boʻlsa, oflayn rejimni mustaqil yoqing.

Oflayn rejim ishlamayapti

Sizda har ikkala oflayn lugʻat oʻrnatilganini tekshiring Masalan, rus tilidan fransuz tiliga tarjima qilmoqchi boʻlsangiz, ham rus tili, ham fransuz tili uchun lugʻatlarni yuklab olish kerak.

Yordam xizmatiga yozish