---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.48.2
alternate:
  - https://yandex.uz/support/split-business/en/testing.md
  - https://yandex.uz/support/split-business/ru/testing.md
  - https://yandex.uz/support/split-business/uz/testing.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/split-business/uz/llms.txt


# Test qilish


Foydalanuvchilardan to‘lovlarni qabul qilishdan oldin xizmatni testdan o‘tkazishni tavsiya qilamiz.



## Yandex Split zizmatini test qilish {#pay-split} 

Yandex Split xizmatini test qilishni boshlash uchun sozlamalarni test muhitiga o‘tkazish kerak. Test bosqichlari integratsiya turiga qarab farq qiladi:

{% list tabs %}


- Oflayn do‘konlar

    <!-- source: uz/_includes/testing.md -->
    {% note alert %}

    Test qilish test muhitida (Sandbox) amalga oshiriladi. Bu holatda Yandex Split xizmati API'iga so‘rovlar `https://sandbox.pay.yandex.uz` manziliga yuboriladi.

    {% endnote %}
    <!-- endsource: uz/_includes/testing.md -->

    <h3>Bevosita QR'ni test qilish</h3>

    Bevosita QR'ni test qilish uchun:
    1. `https://sandbox.pay.yandex.uz/api/merchant/v1/orders` so‘rovi yordamida test buyurtma yarating va javobda keladigan to‘lov havolasini oling.

    1. Olingan to‘lov havolasini QR kodga aylantiring. Buning uchun uchinchi tomon, masalan [QR Code Generator](https://goqr.me/api/) xizmatidan foydalanish mumkin.

    1. QR kodni chop eting yoki uni kassa dasturi ekranida ko‘rsating.

    1. Smartfon kamerasi yoki Yandex Split ilovasi yordamida QR koddan to‘lov havolasini skaner qiling va to‘lov sahifasiga o‘ting.

        - Agar Yandex Split ilovasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, QR kod skanerlangandan so‘ng to‘lov jarayoni brauzerda amalga oshiriladi. Bu jarayonda Yandex ID orqali avtorizatsiya talab qilinishi mumkin.
        - Agar Yandex Split ilovasi o‘rnatilgan bo‘lsa, QR kod skanerlangandan so‘ng to‘lov jarayoni ilova ichida amalga oshiriladi.

    1. To‘lov sahifasida istalgan to‘lov usulini tanlang (masalan, Split orqali bo‘lib to‘lash). Mavjud to‘lov ssenariylarini [To‘lov natijalari emulyatsiyasi](#emulation) bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.

       <!-- source: uz/_includes/testing.md -->
       {% note info %}

       Avtorizatsiya uchun haqiqiy hisobdan foydalaniladi, biroq toʻlov uchun bank kartasi test kartalari roʻyxatidan taklif etiladi.

       Toʻlov test ekanligiga ishonch hosil qiling: toʻlov havolasi manzilida `sandbox` prefiksi boʻladi. Masalan: `https://sandbox.pay.ya.uz/o/nxPUqR`.

       {% endnote %}
       <!-- endsource: uz/_includes/testing.md -->

    1. Xaridor hisobiga ulangan telefon raqamiga avtorizatsiya kodi bilan SMS yuboriladi.
    1. SMS orqali kelgan kodni kiriting. Test to‘lovi amalga oshiriladi va muvaffaqiyatli to‘lov sahifasi ochiladi.

       <!-- source: uz/_includes/testing.md -->
       {% note info %}

       Ushbu bosqichda ishchi muhitda ekvayring tanlangan karta bankida amalga oshiriladi. Test muhitida esa ekvayring dasturiy tarzda imitatsiya qilinadi.

       {% endnote %}
       <!-- endsource: uz/_includes/testing.md -->

    1. Muvaffaqiyatli to‘lovdan so‘ng kassa dasturida chek shakllanishi kerak.
    1. Test buyurtmasidagi mahsulotlardan biri yoki mahsulot qiymatining bir qismi uchun [qisman qaytarishni bajaring](./custom/refund-payments#partial-refund).
    1. Test buyurtmasidagi mahsulot uchun [to‘liq qaytarishni bajaring](https://yandex.uz/support/split-business/uz/custom/refund-payments.md).



{% endlist %}

### To‘lov natijalari emulyatsiyasi {#emulation}

Test jarayonida to‘lov emulyatsiyasi yordamida to‘lovni qayta ishlashning turli ssenariylarini tekshirishingiz mumkin. 

Quyidagi natijalarni emulyatsiya qilish mumkin:

 #|
|| **Natija** | **Qanday takrorlash mumkin** ||
|| **Karta mos kelmadi** | To‘lov sahifasida **VISA** kartasini tanlang – natijada “Karta mos kelmadi” xatosi chiqadi. To‘lov uchun boshqa kartani tanlash mumkin.||
|| **To‘lov amalga oshmadi** |
1. 10 001 rubl summaga buyurtma yarating.
2. To‘lov sahifasida **MIR** kartasini tanlang va buyurtma uchun to‘lovni amalga oshiring. 
Natijada “To‘lov amalga oshmadi” xatosi ko‘rsatiladi va buyurtma holati `FAILED`ga o‘zgaradi.||
|| **Yetarli mablag‘ yo‘q** |
1. 10 002 rubl summaga buyurtma yarating.
2. To‘lov sahifasida **MIR** kartasini tanlang va buyurtma uchun to‘lovni amalga oshiring. 
Natijada “Yetarli mablag‘ yo‘q” xatosi chiqadi, to‘lov uchun boshqa kartani tanlash mumkin.||
|| **To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshdi** |
1. 10 001 va 10 002 rubldan tashqari istalgan summaga buyurtma yarating.
2. To‘lov sahifasida **MIR** kartasini tanlang va buyurtma uchun to‘lovni amalga oshiring. 
Natijada “To‘lov amalga oshdi” xabari chiqadi va buyurtma holati `CAPTURED`ga o‘zgaradi.||
|#


## Test to‘lovlarini ko‘rish {#test-payments}

Yandex Split shaxsiy kabinetda test muhitida yaratilgan to‘lovlar ro‘yxatini va ular haqidagi batafsil ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun:

1. **Sozlamalar** bo‘limida do‘koningiz uchun **Sinov muhiti**opsiyasini yoqing.
2. **To'lovlar** bo‘limiga o‘ting – u yerda test to‘lovlari ro‘yxati va test muhiti yoqilganligi haqida xabar ko‘rsatiladi:


Test to‘lovlarini yashirish uchun test muhitini faolsizlantiring. Buni ikki usulda amalga oshirish mumkin:

- **To'lovlar** bo‘limida sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi **Faolsizlantirish** tugmasini bosing;
- **Sozlamalar** bo‘limida do‘koningiz uchun **Sinov muhiti**opsiyasini faolsizlantiring.

{% note info %}

Faqat **Sozlamalar** bo‘limida test muhitini yana yoqish orqali test to‘lovlari ro‘yxatiga qayta o‘tish mumkin.

{% endnote %}


