metadata:
- name: generator
content: Diplodoc Platform v5.48.2
alternate:
- https://yandex.uz/support/split-business/en/faq.md
- https://yandex.uz/support/split-business/ru/faq.md
- https://yandex.uz/support/split-business/uz/faq.md

> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/split-business/uz/llms.txt

# Koʻp beriladigan savollar

[//]: # (TODO: DOC-29797 eʼlon qilingach, yangi 5% komissiyani qoʻshish)

Xaridor uchun Yandex Split xizmatidan foydalanish shartlari qanday?

Qarang: [Mijozlar uchun Yandex Split xizmatidan foydalanish shartlari](https://yandex.uz/legal/split_b2c/uz/).

Toʻlovni qisman qaytarish dastaklanadimi?

Ha, albatta. Sizga pul mablagʻlarini qaytarishning quyidagi turlari mavjud: toʻliq, qisman va bitta pozitsiya doirasida qisman qaytarish.

Pozitsiyalarni boʻlib (kasr koʻrinishida) toʻlash dastaklanadimi (masalan, 3,5 quti kafel plitkasi)?

Ha, siz istalgan qiymatni koʻrsatishingiz mumkin.

Toʻlovni qanday qaytarish mumkin?

[Toʻlovlarni qaytarish](https://yandex.uz/support/split-business/uz/custom/refund-payments.md) boʻlimiga qarang.

Xaridorga mablagʻ qaytarilishi qanchalik tez amalga oshiriladi?

Xizmat hamkor o‘z tomonida qaytarishni amalga oshirgach (qaytarish soʻrovi kelib tushgan kunning oʻzida) mablagʻni darhol xaridorga yuboradi. Keyingi muddatlar xaridorning bank-emitentiga bogʻliq, biroq 30 ish kunidan oshmaydi.

Roʻyxatdan oʻtishda xaridor vaqtini qanday tejash mumkin?

Eng yaxshisi – darhol Yandex ID xizmatini ulash. [Yandex ID bilan integratsiya](https://yandex.uz/support/split-business/uz/conversion/yandex-id.md) boʻlimiga qarang.

Xaridorga chekni kim yuborishi kerak?

Hamkor Xaridorlarga fiskal cheklar yuborishni mustaqil ravishda va oʻz kuchi bilan amalga oshirishga, shuningdek nazorat-kassa texnikasi to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishga majburdir.

Biz bulutli kassa xizmatlari bilan hamkorlik qilamizmi?

Ha, albatta. Hamkor oʻzi uchun qulay boʻlgan istalgan bulutli kassaga ulanishi mumkin.

Xaridor uchun Split'da toʻlov shartlari qanday?

Xaridor uchun Split va Super Split toʻlov shartlari haqida batafsil ma’lumot:

- [Mijozlar uchun Yandex Split xizmatidan foydalanish shartlari](https://yandex.uz/legal/split_b2c/uz/)
- [Split foydalanuvchi qoʻllanmasi](https://yandex.uz/support/split/uz/)

Split'dan saytdagi faqat cheklangan tovarlar roʻyxati uchun foydalanish mumkinmi?

Ha, albatta. Xaridorlar faqat maʼlum bir tovar va xizmatlarni Split orqali sotib olishlari uchun funksionallikni sozlashingiz mumkin.

Xaridor Split orqali toʻlovni tanlaganda, Hamkor narxni oʻzgartirishi mumkinmi?

Hozirgi vaqtda xizmatda bunday texnik imkoniyat mavjud emas.

Hamkorlaringiz integratsiyasi namunalari bilan qayerda tanishish mumkin?

Hamkorlarning Yandex Split xizmati bilan integratsiyaga misollar: [re-store.ru](https://re-store.ru), [brandshop.ru](https://brandshop.ru), [lazurit.com](https://lazurit.com).

Internet-doʻkonimizning [demo-versiyasida](https://pay.yandex.ru/demo) esa nafaqat xaridning turli bosqichlaridagi barcha elementlarni koʻrishingiz, balki ularning ishlashini sinab koʻrishingiz ham mumkin.

{% note info %}

Demo-doʻkonda to‘lovni tasdiqlash kodi: `000000`.

{% endnote %}