---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.48.2
alternate:
  - https://yandex.uz/support/split-business/en/console/registration.md
  - https://yandex.uz/support/split-business/ru/console/registration.md
  - https://yandex.uz/support/split-business/uz/console/registration.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/split-business/uz/llms.txt

# Roʻyxatdan oʻtish va ariza topshirish

[Xizmat bilan ishlash ssenariysi](https://yandex.uz/support/split-business/uz/quick_start.md#ways)ni tanlaganingizdan so‘ng, Yandex Split shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘ting va do‘koningizga xizmatni ulash uchun ariza yuboring.


## Shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tish {#registration}


Yandex Split shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga biriktirilgan integratsiya bo‘yicha menejerga murojaat qiling.

Yandex Split shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga **Mulkdor** [roli](https://yandex.uz/support/split-business/uz/console/roles.md#roles) beriladi va ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qo‘shilgan tashkilot – bitta [yuridik shaxs](https://yandex.uz/support/split-business/uz/console/management.md#levels) siz uchun ochiq boʻladi.


## Xizmatni ulash uchun ariza yuborish {#application}


Xizmatni ulash uchun ariza yuborilganda tashkilotingizda birinchi do‘kon yaratiladi. Zarurat bo‘lsa, yuridik shaxsga boshqa do‘konlarni ham [qo‘shishingiz](https://yandex.uz/support/split-business/uz/console/management.md#shop-creation) mumkin.

{% note info %}

<!-- source: uz/_includes/registration.md -->
Yandex Split shaxsiy kabinetidagi doʻkon – bu aniq savdo nuqtasi emas, balki savdo yoʻnalishi yoki brend hisoblanadi. Doʻkon haqida batafsil maʼlumotni [Tashkilot iyerarxiyasi darajalari](https://yandex.uz/support/split-business/uz/console/management.md) boʻlimida oʻqing.
<!-- endsource: uz/_includes/registration.md -->

{% endnote %}


Yandex Split xizmatini ulash uchun ariza yuborish uchun:

1. [Do‘konlar](https://console.pay.yandex.uz/merchants) bo‘limida **Do‘konni ulang** tugmasini bosing.

1. To‘lovni qabul qilish formatini **Onlayn** qilib tanlang va **Davom etig** tugmasini bosing.

1. Arizani to‘ldiring:

    - **Do'kon haqida ma'lumot**:

        - Onlayn do‘kon uchun – do‘kon nomi va sayti.
        - Oflayn do‘kon uchun – do‘kon nomi, sayti va do‘kon manzili.

    - **Faoliyat turi** – do‘koningizning asosiy faoliyat turini ko‘rsating. Do‘konga mos [MCC](*mcc) kodi biriktiriladi.
    - **To'lov ma'lumotlari** – to‘lovlarni qabul qilmoqchi bo‘lgan hisob raqamingizning BIK va rekvizitlarini kiriting. Hisob Yandex Split xizmatidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzayotgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli bo‘lishi kerak.
    - **Aloqa qiluvchi shaxs** – xizmatni ulash masalalari bo‘yicha bog‘lanishimiz mumkin bo‘lgan xodimning F.I.Sh., telefoni va eemail manzilini ko‘rsating.
    - **Manzilning dolzarbligi** – agar siz yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsangiz, YTT ro‘yxatdan o‘tgan to‘liq manzilni pochta indeksi bilan kiriting.

      {% note info %}

      **Manzilning dolzarbligi** maydoni faqat siz ko‘rsatgan STIR (INN) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzil yoki pochta indeksini aniqlash imkoni bo‘lmaganda mavjud bo‘ladi.

      {% endnote %}

1. **Ulanish** tugmasini bosing.

Arizani to‘ldirgandan so‘ng, yordam xizmati xodimi ma’lumotlarni tasdiqlash yoki aniqlashtirish uchun siz bilan telefon orqali bog‘lanadi va ulanish bo‘yicha arizani rasmiylashtiradi.

<!-- source: uz/_includes/application-status.md -->
{% note tip %}

Ulanish holatini bosh sahifada va pochtada kuzatib boring.

{% endnote %}
<!-- endsource: uz/_includes/application-status.md -->

Ariza tasdiqlangandan so‘ng siz darhol to‘lovlarni [to‘lov havolasi](https://yandex.uz/support/split-business/uz/console/create-link.md#console-create) orqali qabul qilishni boshlashingiz yoki API orqali to‘lovlarni qabul qilish uchun integratsiyani [sozlab](https://yandex.uz/support/split-business/uz/custom/pay-offline.md), [testdan o‘tkazishingiz](https://yandex.uz/support/split-business/uz/testing.md#pay-split) mumkin.

[*mcc]: Merchant Category Code – do‘konlarni ular taqdim etadigan tovar yoki xizmat turlariga ko‘ra tasniflash uchun ishlatiladigan to‘rt xonali kod.