Xizmatning bloklanishi va kapcha
Xizmat nima sababdan bloklangan?
Yandex xizmatiga foydalanuvchilar yoki dasturlardan oʻxshash soʻrovlar koʻp kelgan taqdirda u bloklanishi mumkin. Masalan, agar bitta IP manzilga ega qurilmalardan Internetga ulangan bir necha kishi biror Yandex xizmatidan foydalansa. Bu holatda Yandex barcha foydalanuvchilarni bitta foydalanuvchi deb qabul qiladi va qoʻshimcha tasdiqlovni soʻraydi.

Nima uchun "Men robot emasman" tugmasini bosganimdan keyin mendan kodni kiritish soʻralmoqda?
Ayrim hollarda haqiqiy insonni robotdan ajratish uchun "Men robot emasman" tasdiqlovi kamlik qiladi. Biz doimiy ravishda algoritmlarni yaxshilash ustida ishlaymiz, ammo gohida qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtishni soʻraymiz.
Bunday holatda qidiruv sahifasiga qaytish uchun kapcha rasmidagi belgilarni kiriting, keyin Yuborish tugmasini bosing.

Kapcha rasmini yangilash uchun belgisiga bosing.
Rasmdagi belgilar oʻrniga ovozli kapcha raqamlarini kiritishingiz mumkin. Buning uchun
belgisini bosing va xabarni tinglang.Agar belgilar bexato kiritilgan boʻlsa, Yandex brauzeringizni tekshirilgan sifatida eslab qoladi (fayllar brauzeringizda doimiy saqlanishi sharti bilan).
Agar Yandexga aynan avtomatik soʻrovlar yuborishingiz kerak boʻlsa, unda xizmatdan foydalaning Yandex.XML.
Agar qoʻshimcha tekshiruvlar sabab xizmatga ancha vaqtdan beri qayta olmasangiz, bu haqda yordam xizmatiga yozing.
Mening IP manzilimdan qanday qilib boshqa odam foydalanishi mumkin?
Sizning IP dan so'rovlar aynan sizning qurilmangizdan yuborilishi shart emas. Internet provayderlar baʼzan bir nechta abonentlarni bitta IP-manzil ostida birlashtiradi.
Agar siz umumiy tarmoqqa ulansangiz, masalan, kafeda boʻlsangiz va internetga Wi-Fi orqali kirsangiz, shu Wi-Fi nuqtasidan foydalanayotgan barcha bilan IP-manzilingiz bir xil boʻladi.
Kapcha rasmini koʻrmayapman
Agar "Men robot emasman" tanlovini amalga oshirganingizdan keyin kapcha rasmi yoki uning ovozi chiqmasa, brauzeringizda rasmlar yuklanishi yoqilganini tekshiring. Agar siz Yandex logotipini koʻrsangiz, ammo kapcha koʻrinmasa, brauzer plaginlari yoki fayrvol sozlamalari yuklashdan toʻsmayotganini tekshiring. Agar shu muammoga ishda duch kelgan boʻlsangiz, tarmogʻingiz maʼmuriga murojaat qiling.
Yordam xizmatiga yozish
Bevosita shu xizmatning yordam xizmatiga murojaat qiling. Buning uchun shu xizmatdagi aloqa shaklidan foydalaning (odatda shakllar sahifaning pastki qismida joylashgan boʻladi yoki ularni mundarijadan topish mumkin). Shunday qilinsa, xabaringiz shu zahoti kerakli mutaxassislarga yetib boradi va sizga tezroq javob berishadi.