Qidiruv natijalari soʻrovga mos emas
Har bitta qidiruv natijasi foydalanuvchi soʻroviga u yoki bu darajada mos keladi. Aks etgan natijalar aloqadorlik darajasining pasayishiga qarab joylashtirilgan.
Yandex qidiruv natijalari sahifasini xilma-xillashtirishga va soʻrov sharhiga oid variantlarni hisobga olishga urinadi. Shu sababli qidiruv natijalari orasida nafaqat sizning soʻrovingizga aniq javob beradigan hujjatlar, balki sizga asqatishi mumkin boʻlgan hujjatlar ham aks etadi. Masalan, mahsulot haqidagi qidiruvda doʻkonlarga oid sharhlar va ularning manzillarini koʻrasiz, biroq [yaguar] soʻrovi asosida nafaqat hayvonning, balki avtomobilning tavsifi ham chiqadi.
Shu bilan birga, qidiruvlar muayyan manzilga aloqador yoki aloqador boʻlmasligi mumkin. Birinchi holatda qidiruv hududiga tegishli saytlarga ustuvorlik beriladi. Ikkinchi holatda esa saytning hududiyligi va qidiruv mintaqasi natijalarga taʼsir qilmaydi.
Qidiruv natijalari soʻrovga mos kelmasa bizga yozing: