Qidiruv natijalari sahifasi yuklanmayapti yoki sekin yuklanyapti
Buning sababini aniqlash uchun muammoning batafsil tavsifi talab etiladi. Nima yuz berayotganini aniqlashtiring:
Boshqa saytlar ochilishini tekshiring.
Agar boshqa saytlar ochilayotgan boʻlsa, Yandex platformasida sizda aynan nima ishlamayotganini batafsil tasvirlab bering:
- Yandex bosh sahifasiga kiring va biror narsa qidirishga urinib koʻring.
- Qidiruv natijalari sahifalaridan skrinshot oling.
- Brauzerning manzil satrida sahifaning butun manzilini nusxalang.
- Yandex boshqa xizmatlari, masalan Yandex Pochta ishlayotganini tekshiring.
Olingan maʼlumotni bizga yuboring:
Agar barcha saytlar ochilmayotgan boʻlsa, ehtimol internetga ulanish muammosi yuzaga kelgan. Bu muammoni hal qilish uchun internet xizmatlari provayderiga murojaat qiling.
Bu muammo haqida bizga batafsil maʼlumot yuboring:
Brauzer kesh xotirasini tozalashga urining. Buning uchun Yandex bosh sahifasiga kiring, Ctrl+F5 kombinatsiyasini bosing, tasodifiy soʻrov jumlasini kiriting va olingan sahifada yana Ctrl+F5 kombinatsiyasini bosing.
Muammo bartaraf etilmadimi?
Koʻrsatmalarimiz ushbu muammoni hal qilishga yordam berganidan xursandmiz. Xizmatlarimizdan foydalanganingiz uchun rahmat.
Muammo bartaraf etilmasa, bizga bu haqda batafsil axborot yuboring:
Boshqa saytlar ochilishini tekshiring.
Boshqa saytlar ochilyaptimi?
Agar boshqa saytlar odatdagiday ochilayotgan boʻlsa, boshqa brauzerda qidirishga urining.
Muammo boshqa brauzerda ham kuzatilyaptimi?
Quyidagi harakatlarni bajarib koʻring:
- Brauzer kesh xotirasini tozalang.
- Brauzerda birlamchi sozlamalarni tiklang.
- Brauzer cookie-faylini olib tashlang.
- Brauzer uchun oʻrnatilgan kengaytmalarni faolsizlantiring. Brauzerni qayta ishga tushirish talab qilinishi mumkin.
Qidiruv natijalarini tekshiring. Muammo bartaraf etilmadimi?
Koʻrsatmalarimiz ushbu muammoni hal qilishga yordam berganidan xursandmiz. Xizmatlarimizdan foydalanganingiz uchun rahmat.
Muammo boshqa Yandex xizmatlarida (masalan, Yandex video qidiruvi) kuzatilayotganini tekshiring va bu haqda bizga yozing:
Muammo boshqa Yandex xizmatlarida (masalan, Yandex video qidiruvi) kuzatilayotganini tekshiring va bu haqda bizga yozing:
Agar barcha saytlar sekin ochilayotgan boʻlsa, ehtimol internetga ulanish muammosi yuzaga kelgan. Bu muammoni hal qilish uchun internet xizmatlari provayderiga murojaat qiling.
Yuz bergan vaziyatni imkon qadar batafsil tushuntiring: