Tasdiqlash belgilari
Belgilar foydalanuvchilarga saytlar haqida qoʻshimcha axborot taqdim etadi va qidiruv natijalarini tushunishga yordam beradi.
Belgilar foydalanuvchilarning xatti-harakatlari haqidagi axborotlar asosida maxsus algoritm tomonidan tayinlanadi va ularning saytga nisbatan munosabati va ishonchini anglatishi mumkin. Har bir belgi saytga mos keladigan oʻz parametrlariga ega. Misol uchun, “Mashhur sayt” belgisi kiruvchilar soni koʻp va doimiy auditoriyaga ega saytlarga beriladi.
Belgilarni tarqatish va teglarning aks etishi tamoyillari:
- Saytlardagi belgilarning mavjudligini hisoblash va qidiruv natijalarida teglarni aks ettirish uchun avtomatik algoritmlar ishlatiladi.
- Algoritmlar barcha resurslarni teng maqomda baholaydi.
- Algoritmlarning birlamchi maʼlumotlari va ish natijalari muntazam yangilab turiladi. Yandex bu oʻzgarishlarni izohlamaydi va muayyan saytlarda belgilarning mavjudligiga va qidiruv natijalarida teglar aks ettirilishiga kafolat bermaydi.
- Belgilar termasi va ularning saytga tayinlanish jarayoni mamlakatga qarab farqlanishi mumkin.
- Yandex qoʻshimcha ogohlantirishsiz istalgan vaqtda algoritmlarni oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
- Tartiblash algoritmi bir qator omillarga bogʻliq boʻlib, muayyan qidiruvga eng mos keladigan sahifani qidirishga qaratilgan. Belgilar boʻlmasa ham saytdagi alohida sahifa qidiruvga yaxshi mos kelishi mumkin.
Tafsilotlar Vebmaster yordam sahifasidagi Qaysi saytlar qidiruv natijalari sahifasida belgilar oladi boʻlimida berilgan.
Maqola foyda berdimi?
Avvalgisi
Keyingisi