---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.6
alternate:
  - https://yandex.uz/support/search/ru/schoolsearch.md
  - https://yandex.uz/support/search/uz/schoolsearch.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/search/uz/llms.txt

# Tashkilotlar uchun qidiruvning oilaviy rejimi

Oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlarda internetdan foydalanilganda [qidiruv xavfsizligi](https://yandex.ru/company/rules/filtration/)ga katta eʼtibor qaratiladi, bu foydalanuvchilarni seksual xususiyatga ega materiallardan saqlaydi. Oddiy qidiruvda sahifalarni filtrlash uchun rasm va videoda [Oilaviy rejim](https://yandex.uz/support/search/uz/additional-features/adult-filter.md) foydalaniladi.

Qidiruvning oilaviy rejimini quyidagi usullardan birida sozlash mumkin:

- [Qidiruv sozlamasida **Oilaviy** filtrlash rejimini yoqish](https://yandex.uz/support/search/uz/schoolsearch.md#searchset).
- [Yandex DNSʼni sozlash](https://yandex.uz/support/search/uz/schoolsearch.md#dns).
- [hosts faylida qidiruvning oilaviy rejimli Yandex IP manzilini kiritish](https://yandex.uz/support/search/uz/schoolsearch.md#hosts).

## Qidiruv oilaviy rejimini yoqish {#searchset}

1. [Qidiruvni sozlash](https://yandex.uz/tune/search) sahifasiga kiring.
1. **Qidiruvni filtrlash**blokida **Oilaviy rejimni** tanlang.
1. Sahifaning pastki qismida joylashgan **Saqlash** tugmasini bosing.

Tanlangan filtrlash rejimini saqlash va uni yangi sessiyalarda joriy qilish uchun brauzer sozlamasida [cookie-fayllar](https://yandex.uz/support/common/browsers-settings/browsers-cookies.html) yozuvini yoqing.

## Yandex DNS {#dns}

[Yandex DNS](https://dns.yandex.ru/) yordamida alohida [kompyuter](https://yandex.uz/support/search/uz/schoolsearch.md#comp) yoki lokal tarmoqning barcha qurilmalari ([routernin sozlash](https://yandex.uz/support/search/uz/schoolsearch.md#router)) uchun qidiruvning oilaviy rejimini oʻrnatish mumkin. DNS sozlamasi [Qidiruvni sozlash](#searchset) sahifasida oʻrnatilgan cheklovlardan ustun turadi.

**Kompyuterni sozlash** {#comp}

 
:   Kompyuterda Yandex DNSʼni ulash tarmoq aloqasi sozlamasi orqali amalga oshiriladi. Parametrlarni o‘zgartirishga ruxsat kompyuter administratori tomonidan cheklangan boʻlishi mumkin.
    
    
    
    Sozlash tartibi foydalanilayotgan operatsion tizimga bogʻliq:
    
    
    - [Windows](https://yandex.ru/support/dns/settings-windows.html)
    - [Linux](https://yandex.ru/support/dns/settings-linux.html)
    - [Mac OS](https://yandex.ru/support/dns/settings-macos.html)

**Routerni sozlash** {#router}

 
:   Yandex DNSʼni routerga ulash tarmoq administratori tomonidan amalga oshiriladi.
    
    
    
    Sozlash tartibi foydalanilayotgan router modeliga bogʻliq:
    
    
    - [ASUS](https://yandex.ru/support/dns/asus.html)
    - [D-Link](https://yandex.ru/support/dns/d-link.html)
    - [ZyXEL](https://yandex.ru/support/dns/zyxel.html)

## hosts fayli {#hosts}

[hosts](https://ru.wikipedia.org/wiki/Hosts) fayli orqali hostlar (domenlar, serverlar) nomlari uchun ularga shaxsiy kompyuterdan kirish imkonini beradigan alohida IP manzillar oʻrnatish mumkin. `hosts` faylini tahrirlash uchun kompyuter administratori (Windows uchun) yoki super foydalanuvchisi (Linux uchun) huquqi kerak boʻladi.

`hosts` fayli sozlamalari [DNS](https://yandex.uz/support/search/uz/schoolsearch.md#dns) sozlamalaridan ustun turadi.

Yandex qidiruv tizimi qidiruvning oilaviy rejimini kafolatlash uchun quyidagi yozuvni `hosts` fayliga kiritish kerak:

`213.180.193.56 yandex.ru`

`213.180.193.56` – qidiruvning oilaviy rejimi oldindan oʻrnatilgan Yandex IP manzilidir.

Agar Yandex qidiruvining oilaviy rejimida seksual xususiyatga ega materiallar yoki senzurasiz leksikani koʻrsangiz, iltimos, bu haqda qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xabar bering.


[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/search/uz/troubleshooting/feedback.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/button.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/button.md -->
