---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.52.0
alternate:
  - https://yandex.uz/support/search/ru/additional-features/adult-filter.md
  - https://yandex.uz/support/search/uz/additional-features/adult-filter.md
  - href: uz/additional-features/adult-filter.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/search/uz/llms.txt

# Bolalarga qidiruvni cheklash

Yandex qidiruv tizimi yordamida internetda taqdim etilgan har qanday ma’lumotni, shu jumladan, seksual xususiyatga ega bo‘lgan internet-resurslarni topishingiz mumkin. Qidiruv natijalarida nomaqbul kontentning aks etishini cheklash uchun Yandex topilgan hujjatlarni filtrlashga oid turli usullarni taklif qiladi:

- **Cheklovsiz** – qidiruv natijalarida qidiruvga asosan topilgan barcha hujjatlar, jumladan, seksual xususiyatga ega boʻlgan internet resurslar aks etadi.
- **Oʻrtacha filtr** – agar qidiruv seksual xususiyatga ega boʻlgan resurslarni qidirishga qaratilmagan boʻlsa (bu rejim birlamchi sozlama bilan yoqilgan), qidiruv natijalaridan bunday saytlar chiqarib tashlanadi.
- **Oilaviy rejim** – qidiruv natijalaridan seksual xususiyatga ega boʻlgan materiallar butunlay chiqarib tashlanadi (hatto soʻrov aynan shunday resurslarni qidirishga qaratilgan boʻlsa ham).

**Oʻrtacha filtr** va **Oilaviy rejim** nomaqbul kontentni qidiruv natijalaridan ishonchli tarzda chiqarib tashlaydi, lekin ayrim hollarda ular ishlamasligi yoki adashishi mumkin. Agar Yandex qidiruvida filtrlash rejimi yoqilgan holatda jinsiy aloqaga oid mazmundagi sahifani koʻrib qolsangiz, iltimos, uning manzili haqida [bizga xabar](https://yandex.uz/support/search/uz/troubleshooting/adult/main.md) bering.

## Qidiruv oilaviy rejimini yoqish {#adult-filter-on}

Qidiruv sozlamalarida topilgan hujjatlarni filtrlash variantini tanlashingiz mumkin. Buning uchun:

1. [Qidiruvni sozlash](https://yandex.uz/tune/search) sahifasiga kiring.
1. **Qidiruvni filtrlash**blokida **Oilaviy rejimni** tanlang.
1. Sahifaning pastki qismida joylashgan **Saqlash** tugmasini bosing.

Istalgan vaqtda **Oilaviy rejimni** [oʻchirish](https://yandex.uz/support/search/uz/additional-features/adult-filter.md#adult-filter-off) va qidiruv natijalarini filtrlash uchun boshqa variantni tanlash mumkin.

Tanlangan filtrlash rejimini saqlash va yangi sessiyalarda tatbiq etish uchun [cookie-fayllar](https://yandex.uz/support/common/browsers-settings/browsers-cookies.html) yozuvini yoqing.


## Qidiruv oilaviy rejimini oʻchirish {#adult-filter-off}

Agar **Oilaviy** rejimi qidiruv sozlamasida oʻrnatilgan boʻlsa:

1. [Qidiruvni sozlash](https://yandex.uz/tune/search) sahifasiga kiring.
1. **Qidiruvni filtrlash** blokida kerakli rejimni tanlang.
1. Sahifaning pastki qismida joylashgan **Saqlash** tugmasini bosing.

Agar oilaviy rejim oʻchirilgandan keyin ham qidiruv natijalarida hujjatlarni filtrlashga taʼsir qilishda davom etsa:

- [Brauzer kesh xotirasini](https://yandex.uz/support/common/browsers-settings/cache.html) tozalang.
    
- Yandex [cookie-faylini](https://yandex.uz/support/common/browsers-settings/browsers-cookies.html) olib tashlang. Buning uchun [Yandex Internetometr](http://yandex.uz/internet/) xizmatiga kiring va sahifaning pastki qismida joylashgan **cookie-fayllarni olib tashlash** havolasini bosing.
    
- Wi-Fi tarmogʻingiz yoki qurilmangiz DNS sozlamasini tekshiring va zarur boʻlsa uni oʻzgartiring. Aynan DNS sozlamasida muammo borligini aniqlash uchun boshqa Wi-Fi tarmogʻiga ulaning yoki mobil tarmoqning hotspot funksiyasidan foydalaning va muammoli qidiruvni takrorlang.
    
    {% note alert %}
    
    Agar siz Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmadan foydalansangiz, “Ekran vaqti” funksiyasi yoqilgan yoki yoqilmaganligini tekshiring. **Settings**&nbsp;→ **Screen Time**&nbsp;→ **Content & Privacy Restrictions**&nbsp;→ **App Store, Media, Web & Games**&nbsp;→ **Web Content** boʻlimiga oʻtib, **Limit Adult Websites** bandini oʻchirib qoʻyishni tavsiya qilamiz.
    
    {% endnote %}
    
    {% list tabs %}
    
    - Kompyuterni sozlash
    
        Kompyuterda Yandex DNSʼni ulash tarmoq aloqasi sozlamasi orqali amalga oshiriladi. Parametrlarni o‘zgartirishga ruxsat kompyuter administratori tomonidan cheklangan boʻlishi mumkin.
        
        Sozlash tartibi foydalanilayotgan operatsion tizimga bogʻliq:
        
        - [Windows](https://yandex.ru/support/dns/settings-windows.html)
        - [Linux](https://yandex.ru/support/dns/settings-linux.html)
        - [Mac OS](https://yandex.ru/support/dns/settings-macos.html)
    
    - Routerni sozlash
    
        Yandex DNSʼni routerga ulash tarmoq administratori tomonidan amalga oshiriladi.
        
        Sozlash tartibi foydalanilayotgan router modeliga bogʻliq:
        
        - [ASUS](https://yandex.ru/support/dns/asus.html)
        - [D-Link](https://yandex.ru/support/dns/d-link.html)
        - [ZyXEL](https://yandex.ru/support/dns/zyxel.html)
    
    {% endlist %}
    

Agar oilaviy rejim boʻyicha savollaringiz qolgan boʻlsa, [bizga yozing](https://yandex.uz/support/search/uz/troubleshooting/adult/main.md).

<!-- source: uz/_includes/button.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/button.md -->

