Tovarlar nazorati
Market Yandex Go platformasida xaridorlarni aldaydigan sotuvchilarga o‘rin yo‘q. Do‘konlar quyidagilarni sotganlik uchun butunlay bloklanadi:
- qalbaki tovarlarni asl nusxa ko‘rinishida;
- qiymati pasaygan yoki avval ishlatilgan tovarlarni yang tovarlar shaklida;
- to‘liq butlanmagan tovarlarni;
- O‘zbekistonda ishlashga moslashtirilmagan tovarlarni;
- Market Yandex Go platformasida sotish taqiqlangan tovarlarni;
- qonunga muvofiq bo‘lmagan tovarlar va O‘zbekistonda muomalada bo‘lishi taqiqlangan tovarlar.
Qalbaki tovarlarni asl nusxa ko‘rinishida sotish
Market Yandex Go savdo belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha brend tovarlar asl bo‘lishini diqqat bilan tekshiradi. Sifat nazorati xizmati ushbu qoidani buzgan do‘konlarni bloklaydi. Shuning uchun Market Yandex Go siz sotadigan mahsulotlarning asl nusxa ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi mumkin.
Ta’minotchilar zanjiriga qarab Market Yandex Go platformasiga quyidagi hujjatlarni taqdim eting:
Siz — brend huquqi egasisiz
Hujjatlar ro‘yxatini chiqarish
- Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma.
Siz brend huquqi egasidan tovar sotib oldingiz
Hujjatlar ro‘yxatini chiqarish
- Huquq egasi bilan shartnomangiz. Masalan, litsenziya shartnomasi, distribyutorlik shartnomasi yoki oldi-sotdi shartnomasi.
- Huquq egasidan ushbu brend tovarlarini sotib olganingizni tasdiqlovchi elektron hisobvaraq-fakturalar, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari, tovarlar uchun bojxona deklaratsiyalari (tovarlarni chet eldan olib kirishda).
Siz rasmiy distribyutordan mahsulot sotib olgangiz
Hujjatlar ro‘yxatini chiqarish
- Rasmiy vakil bilan tuzgan shartnomangiz. Masalan, sublitsenziya shartnomasi, distribyutorlik shartnomasi yoki oldi-sotdi shartnomasi. Litsenziat, distribyutor yoki vakolatli vakil rasmiy vakil bo‘lishi mumkin.
- Huquq egasidan ushbu brend tovarlarini sotib olganingizni tasdiqlovchi elektron hisobvaraq-fakturalar, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari, tovarlar uchun bojxona deklaratsiyalari (tovarlarni chet eldan olib kirishda);
- Huquq egasining rasmiy vakiliga brend tovarlarini muayyan bozorda (hududda, masofadan turib sotish orqali yoki boshqacha tarzda) sotish huquqini beruvchi kafolat xati (ruxsatnomasi).
Siz boshqa ta’minotchidan tovar sotib oldingiz
Hujjatlar ro‘yxatini chiqarish
- Ta’minotchi bilan shartnomangiz. Masalan, distribyutorlik shartnomasi yoki oldi-sotdi shartnomasi.
- Huquq egasidan ushbu brend tovarlarini sotib olganingizni tasdiqlovchi elektron hisobvaraq-fakturalar, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari, tovarlar uchun bojxona deklaratsiyalari (tovarlarni chet eldan olib kirishda).
- Ta’minotchingizning rasmiy vakil bilan ishlaganini tasdiqlovchi hujjatlar. Masalan, rasmiy vakilning ma’lumot xati, u bilan tuzilgan shartnoma, elektron hisobvaraq-fakturalar, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari, tovarlarning bojxona deklaratsiyalari (tovarlarni chet eldan olib kirishda) sizning ta’minotchingiz ushbu brend tovarlarini qonuniy ravishda sotishini tasdiqlaydi.
- Huquq egasining rasmiy vakiliga brend tovarlarini muayyan bozorda (hududda, masofadan turib sotish orqali yoki boshqacha tarzda) sotish huquqini beruvchi kafolat xati (ruxsatnomasi).
- Agar tovar chakana savdo orqali sotib olingan bo‘lsa, unda fiskal chek va yuqorida ko‘rsatilgan do‘kondan rasmiy distribyutorgacha bo‘lgan hujjatlar zanjiri talab qilinadi.
Agar ta’minotchilar zanjiri ko‘proq bo‘lsa, uning har bir ishtirokchisi uchun to‘liq hujjatlar to‘plamini taqdim eting.
Agar tovar majburiy sertifikatlanishitalab etilsa, u holda tovarlarga muvofiqlik sertifikati zarur.
Mahsulotning noto‘g‘ri o‘lchamlari va vazni
Kartochkada tovarning to‘g‘ri o‘lchamlari va og‘irligini ko‘rsating — shunda Market Yandex Go logistika narxini hisoblab chiqishi va tovar uchun omborda yoki saralash markazida mos joy topilishini yaxshi tushunishi mumkin.
Noto‘g‘ri o‘lchamlar buyurtmalarning bekor qilinishiga olib keladi
Xaridor buyurtmani ololmaydi, masalan, agar u kutilganidan kattaroq va og‘irroq bo‘lsa.
Ba’zida Market Yandex Go tovarlarning o‘lchamlarini o‘zi ham qayta tekshiradi. Agar tovarning haqiqiy o‘lchamlari yoki qadoqdagi bitta mahsulotdan buyurtma kartochkada ko‘rsatilganidan 30% yoki undan ko‘p bo‘lsa, do‘konga birinchi ogohlantirish beriladi.
Market Yandex Go kartochkasidagi noto‘g‘ri o‘lchamlarni o‘zi tuzatadi.
Assortimentda taqiqlangan tovar
Market Yandex Go platformasida qonun bilan taqiqlangan va yetkazib berish yoki saqlash uchun xavfli tovarlarni sotish mumkin emas. Sotuvchi va xizmatni baxtsiz hodisalar va qonunbuzarliklardan himoya qilish uchun Market Yandex Go bunday mahsulotlarning peshtaxtada mavjudligini nazorat qiladi.
Taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini Market Yandex Go orqali nimalarni sotish mumkin emas ❌ maqolasida tekshirishingiz mumkin.