FBS modeli xizmat tariflari

Tovarlarni o‘zingizda saqlasangiz va buyurtmalarni yetkazib berishni Market Yandex Go xizmatiga topshirsangiz, mana bunday xizmatlar uchun to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

Narx tovarning hajmiy og‘irligiga bog‘liq. Tovarning hajmiy og‘irligi quyidagicha hisoblanadi: (uzunlik × kenglik × balandlik) ÷ 5000. Gabaritlar santimetrda, bo‘luvchi 5000 — sm³/kg da, hajmiy og‘irlik — kilogrammda o‘lchanadi.

Xaridorga yetkazib berish

Xizmat buyurtmalarni qayta ishlash va xaridorga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Narx tovarning hajmiy og‘irligiga yoki uning haqiqiy massasiga bog‘liq. Narxni hisoblash uchun Market Yandex Go ikkita qiymatni — hajmiy og‘irlik va massani taqqoslaydi va kattaroq bo‘lgan miqdorni hisob-kitob uchun oladi.

Tovarning hajmiy og‘irligi quyidagicha hisoblanadi: (uzunlik × kenglik × balandlik) ÷ 5000. Gabaritlar santimetrda, bo‘luvchi 5000 — sm³/kg da, hajmiy og‘irlik — kilogrammda o‘lchanadi.

Agar siz tovarlarni donalab emas, balki kvantlab (bir necha donadan) sotsangiz, xizmat narxi quyidagicha hisoblanadi: dastlab Market Yandex Go har bir tovarning kvantdagi hajmiy og‘irligini hisoblaydi, ularni qo‘shadi va keyin bu miqdorni yaxlit kvantning massasi bilan taqqoslaydi. Kattaroq chiqqan raqamni Market Yandex Go hisob-kitob uchun oladi.

Kvantlab sotish donalab sotishdan ko‘ra manfaatliroq

Masalan, siz og‘irligi 0,2 kg bo‘lgan tovarni sotyapsiz. Sotish kvanti — 4 dona.

Xizmat narxini hisoblash uchun kvantning umumiy og‘irligi 0,2 kg × 4, ya’ni 0,8 kg. Bunday vaznni xaridorga yetkazib berish narxi 6 000 so‘m.

Agar siz bunday tovarni donalab sotsangiz, xaridorga yetkazib berishning umumiy qiymati buyurtmadagi har bir tovar uchun to‘lovdan hisoblangan bo‘lar edi: 0,2 kg og‘irlikdagi tovar uchun 4 000 so‘mdan. Agar buyurtmada 4 ta shunday tovar bo‘lsa, u holda xaridorga yetkazib berish summasi 16 000 so‘mni tashkil etadi.

Misol

Siz narxi 3 200 000 so‘m, og‘irligi 0,86 kg va o‘lchamlari 33 × 21 × 3 sm bo‘lgan noutbuk sotyapsiz. Uning hajmiy og‘irligi quyidagicha hisoblanadi: (33 × 21 × 3) ÷ 5 000 = 0,42 kg. Tovarning massasi uning hajmiy og‘irligidan kattaroq, shuning uchun Market Yandex Go tarifni mana shu raqamdan hisoblaydi. 0,5 dan 1 kg gacha bo‘lgan tovarlarni xaridorga yetkazib berish xizmati 6000 so‘mdir.

"Hajmiy og‘irlik yoki massa, kg
(...dan ...gacha)

Xizmat narxi

0,2 dan yengil

2000 so‘m

0,2–0,5

4000 so‘m

0,5–1

6000 so‘m

1–2

8000 so‘m

2–4

8000 so‘m

4–6

8000 so‘m

6–8

8000 so‘m

8–10

8000 so‘m

10–12

8000 so‘m

12–15

8000 so‘m

15–20

8000 so‘m

20–25

8000 so‘m

25–30

8000 so‘m

30–35

8000 so‘m

35–50

20 000 so‘m

50–100

20 000 so‘m

100 yoki undan og‘ir

20 000 so‘m

Agar hajmiy og‘irlik - diapazonlar chegarasida bo‘lsa

Qimmatroq tarif qo‘llanadi.

Sotib olinmagan yoki qaytarib berilgan buyurtmalarni saqlash

Yetkazib berilganda xaridorlar sotib olmagan yoki qaytarib bergan buyurtmalar 5 kalendar kuni davomida bepul saqlanadi. Shundan so‘ng saqlash uchun pul to‘lash kerak bo‘ladi.

Saqlashning oltinchi kunidan boshlab har bir kalendar kuni uchun 2000 so‘m

Bu koeffitsiyent tovarning o‘rtacha zichligi — 200 kg/m³ ga to‘g‘ri keladi.

Продажа товаров по несколько штук разом.

То есть по несколько штук разом.

КИЗОМБА (линк на КТГ)