Market Yandex Go orqali kimlar sotishi mumkin

Market Yandex Go tizimida quyidagilar ishlay oladi:

  • mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ);
  • MCHJ shaklidagi xorijiy korxonalar (MCHJ XK);
  • MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonalar (MCHJ QK);
  • qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (QMJ);
  • aksiyadorlik jamiyatlari (AJ);
  • xususiy korxona (XK);
  • oilaviy tadbirkorlik subyektlari (OTS);
  • oilaviy korxonalar (OK);
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Soliqqa tortishning ham umumiy, ham soddalashtirilgan tizimi mos keladi.

Agar Market Yandex Go tizimiga tashkilot sifatida ulanayotgan bo‘lsangiz

Yuridik shaxsingizning STIR raqamini kiriting (tashkilotga rahbarlik qiluvchi yoki ulanishni amalga oshiruvchi jismoniy shaxsning STIR raqami mos kelmaydi).