Ish modellari va geografiya
Market Yandex Go nafaqat xaridorlarni jalb qilishi, balki tovarlar va buyurtmalar bilan ishlashni to‘liq yoki qisman o‘z zimmasiga olishi mumkin. Marketpleysga ulanish chog'ida siz ish modelini tanlashingiz kerak — mana shu Market Yandex Go qanday xizmatlarni taqdim qilishini belgilaydi.
Qanday ish modellari mavjud?

O‘qish emas, ko‘rish mumkin

|
FBY |
FBS |
|
|
Buyurtmani saqlash va qadoqlash |
Market Yandex Go |
Sotuvchi |
|
Market Yandex Go'ga buyurtmani topshirish |
Sotuvchi |
|
|
Xaridorga yetkazib berish |
Market Yandex Go |
Market Yandex Go |
FBY. Market Yandex Go tomonidan saqlash va Toshkent va Toshkent viloyati bo‘ylab yetkazib berish
Market Yandex Go buyurtmalar bilan bog‘liq hamma ishni — saqlashdan tortib yetkazib berishgacha o‘z zimmasiga oladi. Siz faqat Market Yandex Go omboridagi tovaringizning tugab qolmasligini nazorat qilib, yangi partiyalarni yetkazib berib turasiz.
✔️️ Birdaniga ko‘p tovar olib kelish mumkin — odatda oyiga ikki marta yetkazib berish yetarli.
✔️️ Market Yandex Go omboridan yetkazib berish tezkor ishlaydi — bu esa takliflarni xaridorlarga yanada jozibali ko'rsatadi va raqobatdosh ustunlik beradi.
Model tez sotilib ketadigan mahsulotlar uchun mosdir
Tovarlar omborda turib qolmasligini nazorat qilib turish kerak, aks holda saqlash uchun pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.
FBS. Market Yandex Go tomonidan Toshkent va Toshkent viloyati bo‘ylab yetkazib berish
Siz tvarlarni o‘z omboringizda saqlaysiz va buyurtmalarni yetkazib berishni Market Yandex Go'ga topshirasiz. Xaridor buyurtma berganda, siz uni yig‘asiz va qadoqlaysiz, keyin esa Market Yandex Go‘ga o‘zingiz olib borasiz. Market Yandex Go omboriga oldindan yetkazib berish shart emas.
Nimalarni yodda tutish kerak
️⚠️ Qadoqlangan buyurtmalarni haftasiga kamida besh kun jo‘natish kerak.
️⚠️ Market Yandex Go'ga ombordagi qoldiqlar haqidagi ma’lumotni muntazam yetkazib turish kerak.
Market Yandex Go logistikasi
Yandex Go Market omborxonasi
Manzil: 111811, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Tarixteshar ko‘chasi, M39 Avtomagistral yo‘li, 54-uy.
Xaritalarda ko'rish
Yetib olish sxemasi

Katta yuk mashinalari uchun — 1-Nazorat O‘tkazish Punkti. Kichik mashinalar uchun — 2-Nazorat O‘tkazish Punkti.
Market Yandex Go saralash markazi
Buxoro
Manzil: Buxoro viloyati, qo'g'on tumani, Tutikunda shahar posyolkasi, 68-uy.
Xaritalarda ko'rish
Samarqand
Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko'chasi, 236-uy.
Xaritalarda ko'rish
Termiz
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz, shodlik mahalla fuqarolar yig'ini, Mehridare ko'chasi, 12A-uy.
Xaritalarda ko'rish
Urganch
Manzil: Xorazm viloyati, Urganch, Sanoatchilar ko'chasi, 17/5-uy.
Xaritalarda ko'rish
Farg'ona
Manzil: Farg'ona, Sovurbuloq ko'chasi, 202A-uy.
Xaritalarda ko'rish
Buyurtma qabul qilish punktlari
Xaritalar bo'yicha buyurtmalarni qabul qilish punktlari
Nima sotish mumkin
Market Yandex Go — bu deyarli har qanday mahsulotni joylashtirishingiz mumkin bo‘lgan platforma: maishiy texnika, kiyim-kechak, poyabzal, go‘zallik va sog‘liq uchun mahsulotlar va yana boshqalar. Shunday bo'lsa-da, bir qator cheklovlar mavjud. Nimani sotish mumkin emasligini ko‘rish