Tovarlar haqidagi sharhlar
Sharhlar sizga va boshqa foydalanuvchilarga tovarni tanlashda asqatadi. Marketda tovarlar haqida boshqalarning fikrini bilib olishingiz, oʻzingiz sharh qoldirishingiz yoki boshqa foydalanuvchilarning sharhlariga fikr bildirishingiz mumkin. Faqat avtorizatsiya qilgan foydalanuvchilar sharh qoldirishi mumkin.
Sharhlarni qayerda topish mumkin
Siz tovar kartochkasi yuqori qismidagi sharhlarga oʻtishingiz mumkin. Kartochkada faqat tanlangan sotuvchining tovariga sharhlar aks etadi — shu bois har xil sotuvchilarning bir xil tovari turlicha reytingga ega boʻlishi mumkin.
Sharh qanday qoldiriladi
Tovar kartochkasida
Sharhlar boʻlimiga oʻtib, Sharh qoldirish tugmasini bosing.
Buyurtmalar sahifasida
belgisini bosing. Qaysi tovar haqida yozmoqchi ekaningizni tanlang, uni baholang va sharh uchun shakl ochiladi.
Shaxsiy kabinetda
Profil rasmi ustiga bosing, keyin Sharhlar va savollar → Vazifalar bandini tanlang. Bu sahifada xaridlaringizni baholash taklifini topasiz.
Sharhlar va fikrlarga talablar
Sharhlar yozish va baholar qoʻyish uchun avtorizatsiya qilishingiz kerak.
Marketdagi istalgan tovarga sharh qoldirish mumkin, uni aynan bu yerdan sotib olish shart emas. Tajribangizni ulashing: tovar sizga nimasi bilan yoqdi yoki aksincha, undan foydalanishda qanday muammolarga duch keldingiz. Sizning sharhingiz boshqa xaridorlarga tanlov qilishga yordam beradi.
⚠️Izohlarda faqat tovarga aloqador narsalar yozing.
Sharhlarga rasm yoki video qoʻshish mumkin.
Sharhlarda rasm
Sharhga .jpg, .jpeg yoki .png kengaytmali va maksimal 10 MB hajmli 15 tagacha rasm qoʻshing. Rasmlar takrorlanmasligi kerak.
Rasmlarda quyidagilar aks etsa, sharhga aniq mos kelmaydi:
- boshqa tovar;
- tavsifdagi tovar yoʻq – masalan, bu shunchaki hayvon, odam, xonadon surati. Rasmdagi tovar faoliyati natijasi istisno hisoblanadi – masalan, fotoapparat yoki telefonga sharh qoldirsangiz va ular orqali olingan suratlarni ilova qilsangiz;
- chekish sahnalari yoki erotik/pornografik xarakterdagi rasmlar, axloqsiz yozuvlar yoki haqoratli soʻzlar mavjud boʻlsa;
- doʻkon reklamasi joylangan boʻlsa;
- kompaniya, doʻkonlar yoki kataloglarning suv belgilari boʻlsa; Rasm internetdan yuklab olinmagan, siz tomoningizdan olingan boʻlsin.
Sharhlarda video
Videoga talablar:
- siz sharh qoldirayotgan tovarni videoga olayotganingizga ishonch hosil qiling;
- tovarni hamma tomondan koʻrsating, uning gabaritlarini namoyish qiling. Agar bu qurilma boʻlsa, qanday ishlashini koʻrsating;
- videoda begona tovushlar yoʻqligiga ishonch hosil qiling;
- juda uzun video olmang. Maqbul davomiylik — 1-2 daqiqa;
- videoda boshqa doʻkonlar yoki marketpleyslar reklamalari boʻlmasin;
- haqoratli va nomaqbul soʻzlarga ruxsat berilmaydi.
Nima uchun Market sharhini rad etishi mumkin
- u qisqa yoki kichik formatda;
- nomaqbul soʻzlar yoki haqoratlar mavjud;
- katta harflar bilan yozilgan;
- ilgari joylangan sharhlarni takrorlaydi;
- muayyan tovarga aloqador emas;
- tovarga aloqador boʻlmagan suratlarni oʻz ichiga oladi;
- boshqa saytlarga havolalarni oʻz ichiga oladi.
Qabul qilinmaydigan sharhlarga misollar
- “boshqa narx”
- “qoyilmaqom telek”
- “FOTIK UCHUN JUDA KATTA GʻILOF”
Avtorizatsiya yoki registratsiya qilish uchun sahifasning oʻng yuqori burchagidagi Kirish tugmasini bosing.