Tovarlarni qidirish va tanlash

Siz qidiruv qatori yoki katalog yordamida tovarlarni qidirishingiz mumkin. Buning uchun Marketga turkum, tovar nomi yoki muayyan modelni kiriting.

Xizmatda tovarlarni muayyan parametrlar asosida saralash va muayyan doʻkondagi tovarni tanlash ham mumkin.

Tovarni topolmayapman

Ayrim tovarlar tanlangan hududda mavjud boʻlmasligi mumkin. Har bir hudud uchun tovarlar namoyishi boʻyicha maxsus shartlar belgilangan. Agar tovar bu shartlarga mos kelmasa, u peshtaxtada aks etmaydi.

Turkumdan tovar qanday tanlanadi

Agar siz tovarning toʻliq nomini bilmasangiz yoki ishlab chiqaruvchi va xususiyatlar boʻyicha bir qarorga kelmagan boʻlsangiz, qidiruv qatori yoki katalogda kerakli turkum nomini kiriting. Bu kategoriyadagi doʻkonlarning barcha takliflari chiqadi. Keyinchalik takliflarni kerakli parametrlar asosida saralash mumkin (masalan, ishlab chiqaruvchiga qarab).

Masalan, sizga kir yuvish mashinasi kerak, biroq siz yuklama turi haqida bir qarorga kelmadingiz (vertikal yoki frontal). Demak, “Kir yuvish mashinasi” soʻrovi asosida Kir yuvish mashinalari turkumi sahifasiga kirasiz, u yerda mosini tanlashingiz mumkin.

Bir nechta model orasidan qanday tanlanadi

Bitta tovarning barcha modellarini topish uchun qidiruv qatorida tovar nomini kiriting. Masalan, Samsung Galaxy smartfonini sotib olishga qaror qilsangiz-u, biroq turli modellarni solishtirib koʻrishni istasangiz, “Samsung Galaxy” soʻrovini kiriting.

Siz alohida takliflar yoki tovarlar kartochkasi jamlangan sahifaga kirasiz (kartochkada birdaniga bir nechta taklif jamlangan). Kartochkani taklifdan X ta taklif yozuvidan farqlab olish mumkin.

Muayyan model qanday topiladi

Muayyan modeldagi tovarni topish uchun qidiruv qatorida uning asosiy xususiyatlarini kiriting, masalan, “Apple iPhone 6S 64GB”.

Siz 64GB xotirali iPhone 6S tovar kartochkasiga kirasiz, bu yerda uning xususiyatlari bilan tanishib, sharhlarni oʻqishingiz mumkin.

Tovar parametrlar asosida qanday tanlanadi

Tovarni parametrlari asosida tanlash uchun kerakli turkum sahifasini ochib, oʻngdagi blokda parametrlar qiymatini tanlang.

Maslahat

Parametr haqida batafsil axborot bilan tanishish uchun belgisini bosing.

Muayyan doʻkondagi tovar qanday tanlanadi

Siz tovarlarni barcha Market takliflari orasidan emas, muayyan doʻkon assortimentida qidirishingiz mumkin. Masalan, doʻkon taklif qilayotgan tovarlarning sifati yoki uning xizmat koʻrsatish darajasi sizga maʼqul kelsa. Buning uchun doʻkon sahifasini ochib, qidiruv qatorida kerakli tovar nomini kiriting.

Siz muayyan turkumdagi doʻkonning barcha takliflari bilan tanishishingiz ham mumkin. Buning uchun doʻkon sahifasida qidiruv qatorida kerakli turkumni kiriting yoki tovarlar katalogi orqali turkumga kiring.

Yangi yoki ishlatilgan tovarlar, yaxshi holatdagi peshtaxta namunalari yoki ishlashiga taʼsir qilmaydigan arzimas nuqsonli tovarlar.